Qo‘ng‘irot sulolasi




Qoʻngʻirot sulolasi - Xiva xonligini idora etgan oʻzbek xonlari sulolasi (1770—1920).

Asoschisi — Muhammad Amin inoq. U yovmutlardan boʻlgan Xiva xonlariga qarshi kurashib, hokimiyatni egallagan. Muhammad Amin inoq va oʻgʻli Avaz Muhammad inoq taxtga chingiziy qoʻgʻirchoq xonlarni oʻtqazib davlatni amalda oʻzlari boshqargan. Eltuzar 1804-yil Abulgʻoziyxon V Yodgorxon oʻgʻli (1802-04)ni taxtdan tushirib oʻzini xon deb eʼlon qilgan.

Oʻzbek Qoʻngʻirot sulolasi vakillari: Muhammad Amin inoq (1770—90), Avaz Muhammad inoq (1790-1804), Eltuzarxon (1804-06), Muhammad Rahimxon I (1806—25), Olloqulixon (1825—42), Rahimqulixon (1842—45), Muhammad Aminxon (1845 — 55), Abdullaxon (1855-56), Qutlugʻmurodxon (1856), Said Muhammadxon (1856-64), Muhammad Rahimxon II (1864-1910), Asfandiyorxon (1910-18). Said Abdullaxon (1918-20).

Yosh xivaliklar qizil armiya yordamida 1920-yil 2 fevralda Said Abdullaxonni taxtdan tushirib Xiva xonligi tugatilganini eʼlon qilishgan.

Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz