Qoʻngʻirot (qishloq)
Qoʻngʻirot — Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanida joylashgan qishloq. Qishloqda oʻzbeklarning Qoʻngʻirot qabilasi yashagan. Qishloq tarixi taxminiy 1398-yillarga borib taqaladi. Aytilishicha, oʻsha davrda 300 kishiga yaqin
Qoʻngʻirot qabilalaridan biri qishloqqa koʻchib kelgan va ular bu joyni Qoʻngʻirot deya nomlashgan. Ushbu nom oʻsha vaqtdan beri saqlanib kelmoqda.
16-asrning oʻrtalarida qishloqda 2000 tadan ortiqroq odam yashagan. Ular boshqa qabilalardan kelin yoki kuyov qabul qilishmagan. Bu odat yaqin-yaqingacha saqlanib kelgan. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng aholi qaytadan roʻyxatdan oʻtkazilgan. Shundan soʻnggina bu odat yoʻqolib ketdi.
Qabila Buxoro xonligi tugatilgunicha zardushtiylik diniga eʼtiqod qilgan. Shundan soʻng qabila islom dinini qabul qilgan.
uz.wikipedia.org