Qoʻngʻiroqchalar
Glokenshpil, shuningdek, karillon deb ataladi.
Qoʻngʻiroqchalar (italyancha: campanelli, fransuzcha: jeu de timbres, nemischa: Glockenspiel, baʼzan nemischa
glokenshpil deb ataladi) muayyan balandlikdagi zarbli musiqa asbobidir. Asbob pianoda yengil jiringlash tembriga ega, forteda zoʻr va yorqin. Qoʻngʻiroqchalar ikki xil boʻladi: oddiy va klaviaturali.
Oddiy (odatiy) qoʻngʻiroqchalar ― trapetsiyasimon yogʻoch ramkada ikki qatorga joylashtirilgan xromatik sozlangan metall plastinkalar toʻplami. Ulardagi plastinkalarning joylashishi pianino oq va qora tugmachalarining joylashishiga oʻxshaydi. Qoʻngʻiroqlarning qoʻllaniladigan diapazoni c2 до c5 gacha (ikkinchi oktavagacha — beshinchi oktavagacha), baʼzi asboblarda u kengroqdir. Oddiy qoʻngʻiroqchalarda ikkita kichik metall bolgʻacha yoki yogʻoch (baʼzan, ayniqsa, bolalar qoʻngʻiroqchasida — plastmassa) tayoqchalar — mallet bilan chalishadi.
Klaviaturali qoʻngʻiroqchalarda plastinkalar kichik pianino kabi korpusga oʻralgan boʻlib, u yerda tugmachalar zarbasini plastinkalarga uzatuvchi oddiy bolgʻa mexanizmi mavjud (bu mexanizm chelesta mexanizmiga oʻxshaydi). Klaviaturali qoʻngʻiroqchalar texnik jihatdan oddiylarga qaraganda ixchamroq, ammo tembrning sofligi boʻyicha yutqazadi.
XIX asrdan beri qoʻngʻiroqchalar, koʻpincha, simfonik orkestrda ishlatilgan. Qoʻngʻiroqchalar uchun notalar haqiqiy tovushdan ikki oktava pastroqda yoziladi, partiturada ularning partiyasi qoʻngʻiroqchalar qismi ostida, ksilofon partiyasining tepasida yoziladi.
Qoʻngʻiroqchalar ishlatiladigan baʼzi asarlar:
Manbalar
Adabiyotlar
Havolalar
uz.wikipedia.org