Qoʻngʻir suvoʻtlar




Qoʻngʻir suvoʻtlar (lotincha: Phaeophyceae) - koʻp hujayrali suvoʻtlar boʻlimi. Kat-taligi va shakli har xil. 240 turkumi (1500 turi)bor, shundan 3 tasi chuchuk suvlarda, qolgʻanlari dengizlarda tarqalgan. Xromatoforasida xlorofill a va s karotin, ksanto-fill, ayniqsa jigarrang fukoksan-tin koʻp boʻlgani uchun rangi qoʻngʻir va qoramtir. Yuksak Qoʻngʻir suvoʻtlar (mas, lami-nariyasimon suvoʻtlar) oʻtkazuvchi va differensiatsiyalashgan toʻqimalarga ega. Hujayra devorida algin kislota va fukoidin bor, sirtdan pektin va shilimshiq modda bilan qoplangan. Protoplastida bitta yadro va pireno-idsiz xromatofori bor. Baʼzilarida pirenoid boʻladi. Jinsiy va jins-siz, baʼzan vegetativ koʻpayadi. Zoo-sporasi va gametalari ikki xivchinli. Yuksak Qoʻngʻir suvoʻtlarda sporofit va gametofit gallanadi. Koʻpayish organlari bir uyali yoki koʻp uyali sporangiy. Jin-siy jarayoni izogamiya, geterogamiya va oogamiya. Qoʻngʻir suvoʻtlar barcha dengizlarda, ayniqsa, sovuq dengizlarda katta oʻtzorlar hosil qiladi. Ulardan al-gin kislota, uningʻ tuzlari, yem uni va baʼzi dorivor moddalar olinadi. Ayrim Qoʻngʻir suvoʻtlar isteʼmol qilinadi.

Yana qarang




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz