Qo‘ng‘ir muztog‘




Qashqar tizmasi , Qoʻngʻir muztogʻ — Xitoyning gʻarbiy qismidagi togʻ tizmasi, Kunlun togʻlarining gʻarbiy chekkasi. Uz. 100 km chamasida. Eng baland joyi 7719 m (Qoʻngʻir choʻqqisi). Aksari qismining balandligi 5000–6000 m. Asosan, granit, gneys va kvarsitlardan tuzilgan. Choʻqqilari utkir qirrali, yon bagʻirlari tik, chuqur daralar bor. Muzliklarning umumiy maydoni 600 km²dan ziyod. Landshafti togʻ dashti, etaklari chala choʻl va choʻllardan iborat. Daryo vodiylari, toʻqay chakalakzorlari bor.

uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz