Qo‘miqlar




Qoʻmiqlar (kum. къумукълар / qumuqlar) — Dogʻistondagi xalq (232 ming kishi). Turkiy xalq. RFda jami 282 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Qoʻmiq tilida soʻzlashadi. Dindorlari — sunniy musulmonlar. Asosiy mashgʻulotlari dehqonchilik, chorvachilik, bogʻdorchilik, shuningdek, uy hunarmandchiligi (gilam toʻqish, teri, yogʻoch, metall, tosh va boshqalarni qayta ishlash).



uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz