Qo‘ldosh Mirzo




Qoʻldosh Mirzo (Bekmirzaev) — shoir, yozuvchiva pedagog. Qirgʻiziston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. Publisist va moxir tarjimon. Qirgʻizistonda oʻzbek adabiyotining zabardast chinorlaridan biri. 1960-yillarda Qirgʻizistonda oʻzbek adabiyotining rivojlantirish va taraqqiy etish maqsadida tashkil etilgan „Ilxom“ ijodkorlari adabiy klubini taʼsischilaridan.

Hayoti



Qoʻldosh Bekmirzaev 1941-yilning11-avgustida Oʻsh viloyati Qorasuq tumanidagi Nurdor qishlogʻida tugʻilgan. Oʻsh shahridagi Narimonov nomi oʻrta maktabida taʼlim olgan. Andijon davlat pedagogika instutining tarix-filologiya fakul’tetini bitirgan. Soʻngra uzoq yillar davomida oʻrta maktablarda oʻzbek tili va adabiyotidan dars berdi. 1972-1974 yillarda Oʻsh viloyati nashri boʻlgan „Lenin yoʻli“ gazetasi taxririyatida xizmat qildi. Oʻzbekistonda qolaversa Markaziy Osiyoda maʼlum va mashʻxur Sharq Yulduzi jurnalida sheʼrlari va badiiy asarlari doim chop etilib kelgan. 1992-2006 yillar mobaynida Oʻsh davlat universitetining gumanitar-pedagogika fakuletetida adabiyot fanidan talabalarga saboq berdi. U shoir, tarjimon va adabiyotshunos sifatida tanildi.

Ijodi



Qoʻldosh Mirzoni toʻlaqonli serqirra ijodkor edi deb aytish mumkin. Adib qizgʻiz, rus, arab va fors tillarini mukammal bilgan. Yevropa va rus adabiyotini yaxshi bilgan, tarjimalar qilgan. Qoʻldosh Mirzoning birgina Jaxon seniki xikoyalari toʻplami Toshkentda 30 ming nusxada bosilgan.
Izox sifatida shuni taʼkidlashim joizki oʻsha davrlarda hozirgidek shoir boʻlish oson emas, kitob nashr ettirishniyu qoʻyavering. Faqat yuz chigʻiriqdan oʻtgan asarlargina jurnallar yuzini koʻrar, noshirlarga yetib borardi. Men bilgan Qoʻldosh Mirzo oʻz davrining va kelajagimizning toʻgʻri maʼnoda faxridir. Navoiyshunos olim Ibroxim Xaqqulov Oʻshga kelib faqat Qoʻldosh Mirzoning uyida mexmon boʻlgan xolos. Ikki davlatning mashhur insonlari maroqli suhbat qurganlaridan soʻng mexmon shoir bilan tanishganidan mamnunligini ham shoir ham vijdonli uygʻoq olim ekanlar otangiz deya, dugonam xosiyatga eʼtirof etganidan boshimiz koʻkka yetgan edi. Oʻsha manzara koʻz oldimdan sira ketmaydi. Mezbon qizi va shogirdining ilmiy raxbari oldida tav’ze ila turar, olim esa qarshisidagi donishmand ota ilmiga sodiq fidoiy yozuvchi Qoʻldosh Mirzo oldida shogird boladek tutardi oʻzini. Men esa shu unutilmas lahzani suratga muxrlab qoʻyganman.

Sheʼriy toʻplamlari




Kitoblari




Adabiy ilmiy asarlari




Qoʻldosh Mirzo 2017-yili 1-iyunʼda 76 yoshda Nurdor qishlogʻida vafot etdi. Jiydalik qabristoniga dafn qilindi.

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz