Qoʻl Toʻpi




Gandbol (inglizcha: Handball; hand — „qoʻl“, ball — „toʻp“) yoki qoʻl toʻpi  — sport oʻyini. 19-asr oxirida Yevropada paydo boʻlgan. Daniyalik Holger Nielsen ixtiro etgan (1898). Gandbol uchun kattaligi 40x20 m li maydon kerak; ogʻirligi 325-475 g, aylanasi 54-58 sm boʻlgan charm toʻp bilan oʻynaladi. Maydonning ikki tomonida eni 3 m, balandligi 2 m boʻlgan darvozalar oʻrnatiladi. Har bir jamoada 7 yoki 11 oʻyinchi qatnashadi. Oʻyinchi toʻp bilan faqat 3 qadam qoʻyishi va uni qoʻlida 3 soniyagacha tutib turishi mumkin. Oʻyin 2 boʻlimdan iborat boʻlib, erkaklar musobaqasi 1 soat, ayollar musobaqasi 50 daqiqa davom etadi. Xalqaro gandbol federatsiyasiga (inglizcha: International Handball Federation, qisqartmasi IHF; 1946-yil 12-iyulda asos solingan) 106 mamlakat aʼzo. 1972-yildan erkaklar, 1976-yildan ayollar gandboli Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan. 1938-yildan erkaklar oʻrtasida, 1956-yildan ayollar oʻrtasida jahon birinchiligi oʻtkaziladi. Oʻzbekistonda gandbol 1923–1924-yillarda paydo boʻlib, birinchi musobaqa 1926-yilda Toshkentda oʻtkazilgan. 1991-yil Oʻzbekiston Respublikasi gandbol federatsiyasi tuzildi. Respublikaning barcha viloyatlarida gandbol boʻyicha bolalar sport maktablari, erkaklar, ayollar va bolalar jamoalari bor. 1991-yildan Oʻzbekistan chempionata muntazam oʻtkaziladi. Oʻzbekiston gandbolchilari terma jamoasi (ayollar) Osiyo chempionatida 4-oʻrinni egalladi va Germaniyada oʻtkazilgan jahon birinchiligi musobaqalarida qatnashdi (1997). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sport ustozlari F. Abdurahmonov, V. Kaplinskiy, xizmat koʻrsatgan sport ustasi, Olimpiya oʻyinlari va jahon chempioni M. Vasilyev, xalqaro miqyosdagi sport ustasi, jahon chempioni S. Zemlyanova, sport ustalari A. Abzalova, Olga Abdulla va boshqalarning gandbol rivojlanishida katta hissasi bor.

Manbalar




Adabiyotlar




Havolalar






uz.wikipedia.org

Sun'iy intellekt javobi:

Qo‘l to‘pi — bu sport turi bo‘lib, unda ikki jamoa to‘pni qo‘llari yordamida tutib, o‘ynaydi va maqsadlari raqib darvozasiga to‘pni tashlash orqali ochko olishdir. Qo‘l to‘pi asosan yopiq maydonda o‘ynaladigan sport turlaridan biridir, lekin u ochiq havoda ham o‘ynalishi mumkin. Ushbu sportning o‘yin qoidalari, maydon o‘lchamlari va jamoa tarkibi xalqaro miqyosda belgilangan.

Qo‘l to‘pining tarixi

Qo‘l to‘pi o‘zining zamonaviy shaklini Yevropada 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida olgan. Dastlab, bu sport turi Norvegiya va Daniyada mashhur bo‘lib, keyinchalik boshqa Yevropa mamlakatlariga ham tarqaldi. 1936 yilda Berlin Olimpiadasida qo‘l to‘pi ilk bor o‘yin dasturiga kiritilgan. Hozirgi kunda qo‘l to‘pi dunyoning ko‘plab mamlakatlarida mashhur bo‘lib, professional ligalar va jahon chempionatlari o‘tkazilmoqda.

Qo‘l to‘pining asosiy qoidalari

Qo‘l to‘pining jihozlari

Qo‘l to‘pining afzalliklari

Xulosa

Qo‘l to‘pi — jismoniy faoliyatni rivojlantirishga xizmat qiluvchi, jamoaviy ruh va strategik fikrlashni o‘rgatuvchi sport turidir. U nafaqat sog‘lomlikni yaxshilaydi, balki insonlar orasidagi muloqotni mustahkamlaydi, do‘stlik va hamkorlik ruhini oshiradi.

Agar qo‘l to‘pi haqida qo‘shimcha ma’lumot yoki maxsus mavzuda savollaringiz bo‘lsa, men yordam berishga tayyorman!



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz