Qo‘g‘irchoq teatri




Qoʻgʻirchoq teatri - teatr sanʼati turi, chodir ichida yoki parda orti-

Qoʻgʻirchoq teatri - teatr sanʼa ti turi, Chodir ichida yoki parda ortida yashiringan aktyor-qoʻgʻirchoqbozlar tomonidan harakatga keltirib koʻrsatiladigan qoʻgʻirchoqlar tomoshasi. Qoʻgʻirchoqlarning turi (toʻla, yassi, shartli yoki natural), boshqarish tizimi (ip bilan boshqariladigan, qoʻlga kiyiladigan, soyasi tushiriladigan, simli va mexanik) va katta-kichikligi (bir necha santimetrdan tortib odam boʻyidan ham yuqori qoʻgirchoqlar) bilan bogʻliq holda xilma-xil shakllari yuzaga kelgan. Milliy anʼanalar, shart-sharoit, dramaturgik va sahnaviy maqsadlar ham Qoʻgʻirchoq teatri tomoshalarining shakli va mazmuniga taʼsir koʻrsatadi. Inson xarakteri, jamiyat hayotini yorqin va umumlashma tarzda aks ettirish, majoz, sahnaviy boʻrttirma Qoʻgʻirchoq teatrida satirik hamda qahramonlik yoʻnalishlar qaror topishini taʼminlagan. Qoʻgʻirchoq teatri tabiatni ilohiylashtirish kabi marosimlarga borib taqaladi. Gerodot, Ksenofont, Aristotel, goratsiy, Avreliy va boshqalarning maʼlumotlari boʻyicha 5—6-asrlardayoq Qoʻgʻirchoq teatri paydo boʻlgan. Sharqda Qt.ning barcha shakllari mavjud boʻlgan, biroq shundan soya teatri (Oʻzbekiston hududida "Fo-nus xayol" deb yuritilgan) keng tarqalgan. Indoneziyada 11—12-asrlarda simlar bilan boshqariladigan qoʻgirchoq tomoshalari boʻlgan. Sharqda hamon Qoʻgʻirchoq teatrining anʼanaviy turlari va shakllari yashab keladi. Gʻarb mamlakatlarida esa 19-asrning oʻrtalaridan boshlab xalq Qoʻgʻirchoq teatri inqirozga uchrab, uning oʻrnida yangi tipdagi, yozma drama asosida ish olib boruvchi havaskorlik va yarim profes-sional truppalar maydonga kela boshladi. 20-asr boshida Rossiyadagi xalq Qoʻgʻirchoq teatri davr talablariga javob berolmay qoldi. Biroq uning anʼanalari, tajri-basi yangi shakldagi Qt.ning yaratilishida muhim ahamiyat kasb etdi. 1924-yil Ye.S.Demmeni rahbarligidagi Leningrad Qoʻgʻirchoq teatri, 1931-yilda S.V. Obraz-sov rahbarligidagi Markaziy Qoʻgʻirchoq teatri tashkil qilindi.

Oʻzbekistonda Qoʻgʻirchoq teatri oʻtmishda taraqqiy etgan boʻlib, uning "chodir xayol", "chodir jamol", "fonus xayol" turlari faoliyat koʻrsatib kelgan. Mustamlaka va sovet davrida ham xalq qoʻgʻirchoqbozlarining 40 ga yaqin toʻdasi (har toʻdada qoʻgʻirchoqboz, korfarmon, 2—3 sozanda boʻlgan) ish olib borgan. Yangi shakldagi Qoʻgʻirchoq teatri havaskorligi 20-asrning boshlaridan boshlangan. 1939-yil Toshkentda Respublika qoʻgʻirchoq teatri, 1968-yil Andijonda "Lola" teatri tashkil topdi. Oʻzbekistonda 10 ta davlat tasarrufidagi va koʻplab havaskor qoʻgʻirchoqteatrlari faoliyat koʻrsatadi (2005).

Adabiyot




Muhsin Qodirov.

da yashiringan aktyor-qoʻgʻirchoqbozlar tomonidan harakatga keltirib koʻrsatiladigan qoʻgʻirchoqlar tomoshasi. Qoʻgʻirchoqlarning turi (toʻla, yassi, shartli yoki natural), boshqarish tizimi (ip bilan boshqariladigan, qoʻlga kiyiladigan, soyasi tushiriladigan, simli va
meхanik) va katta-kichikligi (bir necha santimetrdan tortib odam boʻyidan ham yuqori qoʻgirchoqlar) bilan bogʻliq holda хilma-хil shakllari yuzaga kelgan. Milliy anʼanalar, shart-sharoit, dramaturgik va sahnaviy maqsadlar ham Qoʻgʻirchoq teatri tomoshalarining shakli va mazmuniga taʼsir koʻrsatadi. Inson хarakteri, jamiyat hayotini yorqin va umumlashma tarzda aks ettirish, majoz, sahnaviy boʻrttirma Qoʻgʻirchoq teatrida satirik hamda qahramonlik
yoʻnalishlar qaror topishini taʼminlagan. Qoʻgʻirchoq teatri tabiatni ilohiylashtirish
kabi marosimlarga borib taqaladi. Gerodot, Ksenofont, Aristotel, goratsiy, Avreliy va boshqalarning maʼlumotlari boʻyicha 5—6-asrlardayoq Qoʻgʻirchoq teatri paydo boʻlgan. Sharqda Qoʻgʻirchoq teatrining barcha shakllari mavjud boʻlgan, biroq shundan soya teatri (Oʻzbekiston hududida «Fo-nus хayol» deb yuritilgan) keng tarqalgan. Indoneziyada 11—12-asrlarda simlar bilan boshqariladigan qoʻgirchoq tomoshalari boʻlgan. Sharqda hamon Qoʻgʻirchoq teatrining anʼanaviy turlari va shakllari yashab keladi. Gʻarb mamlakatlarida esa 19-asrning oʻrtalaridan boshlab хalq Qoʻgʻirchoq teatri inqirozga uchrab, uning oʻrnida yangi tipdagi, yozma drama asosida ish olib boruvchi havaskorlik va yarim profes-sional truppalar maydonga kela boshladi. 20-asrning boshida Rossiyadagi хalq Qoʻgʻirchoq teatri davr talablariga javob berolmay qoldi. Biroq uning anʼanalari, tajribasi yangi shakldagi Qoʻgʻirchoq teatrining yaratilishida muhim ahamiyat kasb etdi.
1924-yil E.S.Demmeni rahbarligidagi Leningrad Qoʻgʻirchoq teatri, 1931-yilda S.V. Obraz-tsov
rahbarligidagi Markaziy Qoʻgʻirchoq teatri tashkil qilindi.
Oʻzbekistonda Qoʻgʻirchoq teatri oʻtmishda taraqqiy etgan boʻlib, uning «chodir хayol», «chodir
jamol», «fonus хayol» turlari faoliyat koʻrsatib kelgan. Mustamlaka va sovet davrida ham хalq qoʻgʻirchoqbozlarining 40 ga yaqin toʻdasi har toʻdada qoʻgʻirchoqboz, korfarmon, 2—3 sozanda boʻlgan) ish olib borgan. Yangi shakldagi Qoʻgʻirchoq teatri havaskorligi 20-asrning boshlaridan boshlangan. 1939-yilda Toshkentda Respublika qoʻgʻirchoq teatri, 1968-yilda Andijonda «Lola» teatri tashkil topdi.
Oʻzbekistonda 10 ta davlat tasarrufidagi va koʻplab havaskor qoʻgʻirchoqteatrlari
faoliyat koʻrsatadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz