Qo‘g‘adoshlar




Qoʻgʻadoshlar — koʻp yillik oʻtlar. 1 turkum (qoʻgʻa) va 15 turdan iborat. Yevropa va Shim. Amerikada keng tarqalgan. Oʻzbekistonda 6 turi daryo, kanal, ariq boʻylarida, koʻllar atrofida oʻsadi. Poyalari 30— 200 sm atrofida; silliq, boʻgʻimlarga ajralmagan. Barglari qalami, 2 qator boʻlib oʻrnashgan. Gullari 1 jinsli, gulqoʻrgʻonsiz. Changchi gullari toʻpgullarning yuqori qismida, urugʻchi gullari esa pastki qismida joylashgan. Iyun—avgustda gullab, meva beradi.

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz