Qoʻchqortoyev Iristoy




Iristoy Qoʻchqortoyev (1936.5.7, Sayram tumani, Qozogʻiston — 2000.20.12, Turkiya; Toshkentda dafn etilgan) — tilshunos olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000). Filol. fanlari doktori (1978), professor (1981). Oʻrta Osiyo universitetining filol. fakultetini tugatgan (1958). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida kichik ilmiy xodim (1958—60), ToshDUda aspirant (1960—63), oʻqituvchi (1964—66), katta oʻqituvchi (1966-68), dotsent (1968—81), dekan oʻrinbosari (1981—82), oʻzbek filologiyasi fakulteti dekani (1987—95), turk filologiyasi kafedrasi mudiri (1997-yildan). Turkiya untida oʻzbek tilidan dars bergan.

Asosiy ilmiy ishlari oʻzbek tilida nutq feʼllari mavzuiga bagʻishlangan. Qoʻchqortoyev Oʻzbekistonda turkiy-shunoslikning rivojlanishiga muhim hissa qoʻshgan. Oliy oʻquv yurtlari uchun "Turkiy filologiyaga kirish" (hamkorlikda, 1984), "Tilshunoslikka kirish" (hamkorlikda, 1976) kabi darsliklar yaratgan. Uning bolalarga bagʻishlangan "Bu ishing yaxshimi" (1964), "Ikki va oʻn bir" (1964), "Yaylovda" (1965) kabi hikoyalar toʻplamlari ham bor.

Manbalar






uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz