Qoʻchqor soyligi




Qoʻchqor soyligi - Ichki Tyan shandagi togʻ oraligʻi soyligi (Qirgʻiziston Respublikasi Norin viloyati). Qirgʻiz tizmasi sharqiy qismining janubida, Issiqkoʻldan gʻarbda, oʻrtacha 1600—2000 m balandlikda joylashgan. Chu daryosining yuqori oqimi va uning irmoqlari suvi bilan sugʻoriladi. Uz. 50 km, eni 15 km. Qs.ning markazi chala choʻl, chekkalari togʻ dashtidan iborat. Chu va uning irmoqlari atroflari ekinzor. Dashtlardan yaylov sifatida foydalaniladi. Sharqida Oʻrtatoʻqay suv ombori (Chu daryosida) qurilgan. Koʻmir koni bor.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz