Qaysi toshbaqalarni yumshoq tanli deyishadi?
Uzoq Sharqda, Vetnamda va Tayvan orolida trioniks degan toshbaqalar yashaydi. Bu yunonchadan tarjima qilinsa, “uch tirnoq” degan ma’noni anglatadi. Cho’zinchoq xom blinga o’xshagan trioniks toshbaqasi uchta o’tkir tirnoqli pardali panjalarini asta-asta qo’yib, havzalar tubida bamaylixotir sudralib yuraveradi. Bu toshbaqalarni “yumshoq tanli” ham deyishadi, chunki ularning suyakli zirhi ustini yumshoq teri qoplagan, muguz shchitlari esa uning tagidan ko’rinmaydi. Bu toshbaqalarning ham bo’yni boshqalariniki kabi ilonnikiga o’xshash, ammo trionikslarning uchidan kelishmagan xartumchasi chiqib turadi, u o’ljani — baliq yoki qurbaqani ko’rgan zahoti sekin uzayadi. Toshbaqa tayyorlanib bo’lgach, shiddat bilan unga tashlanadi, qarabsizki, o’lja uning changalida. Trionikslarning garchi tishi bo’lmasa-da, jag’lari tig’day o’tkir, qo’lga tushgan o’lja undan qutulib bo’pti! Ayrim trioniks toshbaqalarining bo’yi 30 santimetrga yetadi va suvga tushgan qush va mayda hayvonlarga ham hujum qilishdan tap tortmaydi. Chuchuksuvli toshbaqalar uchun (trionikslar aynan shu turga mansub) daryolar va ko’llar qadrdon uy sanaladi. Baribir ular nafas olish uchun vaqti-vaqti bilan qirg’oqqa chiqib turadilar. Trionikslar botqoqlik va Kaspiy toshbaqalari singari chuchuksuvli toshbaqalarga nisbatan suv tagida ko’proqh tura oladi. Ular 10-15 soat suv betida ko’rinmasligi mumkin. Bu ularning havosiz ham yashay oladi, degani emas. Trionikslar tomog’ining ichki tomonida g’alati moslamasi bor: uni so’rg’ichlar qoplab olgan, ayni so’rgichlar orqali toshbaqa kislorodni to’g’ridan-to’gri suvdan oladi. Suv tagida o’tirish goho trionikslarning joniga tegib ketadi, bunday payt ular quyoshda isinish uchun qirg’oqqa chihadi. Shubhali shitirlashni eshitganlari hamono o’zlarini suvga uradilar. Toshbaqalarning ivirsiraganligi haqidagi barqaror fikrlarga qarshi o’laroq trionikslar ancha tez yuguradi, suzish borasida ham mahoratli bo’lib, pardasimon panjalari jon – jahdi bilan eshkak eshadi. Ularning juda ozchiligi xavfdan qutulib qoladi. Trionikslarning boshqa toshbaqalar singari go’shti mazali, shuning uchun ham u ovchilarga o’lja tushadi. Bu qadimiy hayvonlarni kelgusi avlodlar uchun saqlash maqsadida trioniks toshbaqalari qizil kitobga kiritilgan.
Manba
Mo’jiza kitobning 1-jildi
Uzpedia.uz