Qaysi qushning harakati zodagoncha?
Bilamizki, hamma qushlar tumshug’i bilan ovqatini yerdan topadi yoki uchayotib hasharotlarni tutib olib yeydi. Ammo ovqatini panjasi bilan olib, og’ziga soladigan g’aroyib qush ham bor. Bu sulton tovug’idir. Aslida, bu qush sira tovuqqa o’xshamaydi, u sahro qushlari oilasiga mansubdir. Uning kiyimlari ko’k va yashil patlardan iborat, oyoqlari binafsha, tumshug’i qizil tusda. Sultonlarning xatti-harakati g’alati. Bundan tashqari, sahro qushlaridan farqli o’laroq, ular ovqatini tumshug’iga panjasi bilan olib boradi. Ular yurganida, har qadam tashlaganida boshini silkitadi, dum pardalari baraban misoli taqillaydi. Sulton tovug’ini bu qilig’i uchun mahalliy aholi (u Janubiy Osiyo mamlakatlarida, masalan, Bangladeshda yashaydi) “masxaraboz” deb nomlashgan. Afsuski, odamlar uning zodagonlarga xos xatti-harakatiga ko’nikib qolishgan va shafqatsizlarcha munosabatda bo’lishadi. Ular buni quyidagi tarzda amalga oshiradi. Sulton tovuqlari solingan qafasni suvda suzadigan qushlar bilan birga sulton tovuqlari ham yashaydigan botqoqlikka olib borishadi. Qafasga tushgan tovuqlarning ovozi erkinlikda yurganlarini o’ziga chorlashi kerak. Qafas qanchalik ko’p bo’lsa, ovoz qanchalik qattiq chiqsa, o’lja shuncha ko’p bo’ladi. Ammo ovchilar bu paytni poylab o’tirmasdan uyiga ovqatlangani ketadilar. Sultonlar kunduz kunlari botqoqlikni qoplab yotgan sunbullarning bo’liq to’shagi orasida bekinib yotadi. Tiniq rang patlari nafaqat xalaqit beradi, balki nihoyatda ustalik bilan niqoblanishiga ham yordam beradi. Kechqurun esa o’z og’aynilarining da’vatkor qichqirig’iga uchib, xavfni unutib, panohgohlaridan chiqadi va qafaslar yaqiniga kelib, banan barglari to’shalgan, tutqun qushlar oldiga juda ayyorlik bilan qo’yilgan qopqonga tushadi. Ovchilar o’z kulbalarida bemalol o’tiraveradilar va tong saharlab botqoqlik sari yo’l oladilar. Har bir ovchi qishga 25 — 30 ta qush ovlaydi. Sulton tovuqlari yashaydigan mamlakat hukumati ularni saqlab qolish borasida qat’iy choralar ko’rishga majbur bo’lmoqda.
Manba
Mo’jiza kitobning 1-jildi
Uzpedia.uz