Qaysi qushning dumi liraga o’xhaydi?
Avstraliyada yashaydigan bu qushni lirodum deyishadi. U o’zining bu g’ayritabiiy nomi bilan avvalambor lira — eski musiqa asbobiga o’xshaydigan dumidan qarzdordir. Chetki rulsimon patlari g’aroyib tarzda buralib, lira asosini, juda ko’p kumush qanotlari esa uning torlarini eslatadi. Oilaning eng yirik bo’lgan katta liroxvostning dumi 80 santimetrga etib, tanasidan deyarli ikki hissa ortiq keladi. Biroq liro-qush antiqa ko’rinishi bilangina nom olgan emas, uning qo’shiq repertuari ham ancha boy. Liroxvostning o’z qo’shigi yo’q, ammo u bu kamchiligini mutassir tovushlarda qoyilmaqom ijro etadi. U boshqa qushlar chug’urini “moslashtiradi”, shuningdek, turli-tuman harqalay biroz yoqimsiz ovozlar, masalan, mototsikl tarillashi, itlar hurishi, qo’zichoqning ba-balashi yoki Avstraliya ko’ktarg’og’ining bo’g’iq qahqahasini shu qadar chiroyli ijro etadiki, unga “o’rmon estradasining yulduzi” degan nom bekorga berilmaganiga ishonch hosil qilasan kishi. Boshqa ko’p qushlar singari liroxvostlarning erkagi ham yil bo’yi emas, balki faqat juftlashish davrida sayraydi. Liroxvost odam oyog’i yetmaydigan sokin go’shalarda yashaydi, ayniqsa qirqquloqzorlarni yaxshi ko’radi. Umuman olganda, liroxvostlar yerda yashaydigan qush, ahyon-ahyon bir daraxtdan ikkinchisiga uchib o’tishni xush ko’radi. Tunni shoxlarda o’tkazadi. U o’rmon to’shaklarini xaskashga o’xshash uzun panjalari bilan tezda surib tashlab, har xil qurt-qumursqalar, hasharotlar va shilliqqurtlarni topib yeydi. Liroxvost bulutli ob-havoni hatto yomg’ir tomchilab turgan kunlarni juda yaxshi ko’radi, chunki yomg’ir tagida uning toladay mayin parlari yaltirab ketadi.
Manba
Mo’jiza kitobning 1-jildi
Uzpedia.uz