Qaysi hasharot boshqalaridan uzoq yashaydi?



Negadir tabiat yerda yashaydigan boshqa mavjudotlarga nisbatan hasharotlarga juda oz umr ato etgan. Ko’p ming sonli hasharotlar orasida bittasi borki, u hayvonat olamida boshqalaridan ko’ra uzoq yashaydi. Chirildoqlarga mansub bo’lgan bir hasharot 17 yil yashaydi! Urg’ochi qirchumolilardan tashqari hech bir hasharot uzoq umr ko’rish bo’yicha unga bas kela olmaydi. Boshqa hasharotlarning chirildoqqa havas qilishi ehtimoldan yiroq, chunki u 17 yil yer tagida uxlaydi va 5 haftagina yashab nobud bo’lish uchun yer yuziga chiqadi. Tabiatning bu mitti hasharotga nega 17 yil umr ato etganini hech kim bilmaydi. Shunisi aniqki, chirildoq o’z tuxumini daraxt butoqlariga qo’yadi. Jajji chirildoqlar tuxumni yorib chiqqach, pastga tushib ketadi va yerni kavlab, ildizlarga chirmashib oladi. Ular gumbak bo’lib olib, harakatsiz yotadi va ildiz suvlaridan oziqlanib, 17 yil yashaydi. Mana shu muddat to’lgandan keyin allaqanday kuch ularni yorug’likka boshlab chiqadi. Ular daraxtlarga chiqib oladi, ularning pardasi yoriladi va kattagina chirildoq paydo bo’ladi. Aytgancha, ba’zi paytlar siz shahar chetida eshitib qoladigan kuchli ovoz nar chirildoqlarga tegishlidir. Chirildoq urg’ochisining jajji taqsimchasi bo’ladi va uni mushaklari bilan tebranishga majbur etadi. Olimlarning tasdiqlashicha, chirildoqning ovoz chiqaradigan a’zolari tabiatdagi eng mukammal “musiqiy” a’zolardir. Chirildoqlarning 800 dan oshiq turi bor, biroq uzoq umr kechiruvchi chirildoq makiyoni faqat AQShda yashaydi. Chirildoqlarning aksariyati ikki yil atrofida yashaydi.


Manba



Mo’jiza kitobning 1-jildi


Uzpedia.uz