Qanday mahsulotni barcha xalqlar tanavvul qiladi?



Har bir xalq o’zining urf-odatlari va an’ana-taomillari bilan dong taratadi, bu narsa teng ma’noda taomlarga ham taalluqlidir. Har bir xalqning o’z dasturxoni, o’zining alohida taom pishirish usullari, o’zining ishqibozligi bor. Birlari, masalan, sut mahsulotlarini ustun qo’yadi, boshqalarining esa ularni ko’rarga ko’zi yo’q. Rossiyada, xuddi boshqa mamlakatlarda bo’lgani singari baqani yeyishmaydi, Fransiyada esa u eng tansiq taom hisoblanadi. Osiyodagi mo’g’ullar va tibetliklar, Afrikada zuluslar baliqni yebbo’lmas deya hisoblagancha hech bir turidan iste’mol qilishmaydi. Didlar ustida tortishmaydilar. Ammo ularning rang-barang taloto’mida hozirgi xalqlarning barchasi iste’mol qiladigan bir taom alohida ajralib turadi. Bu — nondir. U tayyorlash usullariga va shakllariga ko’ra har xil bo’ladi. Odamlar non pishirishni o’rganishdan oldin turli o’simliklarning donidan qattiq bo’tqa qaynatishgan, shundan so’ng hozirgi paytda nonni kesgandek uni kesishgan. Biroq bo’tqani uzoq saqlashning iloji yo’q: u achib qoladi. Kavkaz, Kichik Osiyo, Italiya, Ispaniya, Irlandiyada, aksariyat Skandinaviya mamlakatlarida hozirga qadar buningdek kulchani odatdagi non o’rnida pishirishadi. Ko’ptirilgan non o’rta asrlarga qadar ko’pgina xalqlarning asosiy ovqati bo’lib keldi. Va faqat o’rta asrlarning naq boshlarida Yevropada ko’ptirilgan nonning o’rnini xamirturush yordamida hosil qilinadigan ko’ptirilgan xamirdan tayyorlangan non egallay boshladi. Qadimgi xamirturushli non maxsus dori hisoblangan va avom undan bebahra edi. Bunday nonni pishirish bilan shug’ullanuvchi kishilar — novvoylar ham alohida hurmat e’tiborga sazovar edilar. O’rta asrlarda Yevropada novvoyni o’ldirganlik uchun boshha oddiy odamlarni o’ldirganga qaraganda g’oyatda katta jarima to’lash zarur bo’lgan. Ayrim hindu qabilalari, masalan, o’z qabilalarini yovuz ruhlardan himoya qilish xususida, anchayin qayg’urishgan bo’lishsa-da, shuning barobarida hali non yemaguniga qadar go’dakni ulardan himoya qilishmasdi ham. Faqat non bilan yuzlashishgina uni iblislardan himoya qilish kerak bo’lgan odamga aylantirar edi. “Non va tuz!” — Rossiyada qadim zamonlardan buyon va hali qadar aziz mehmonlarni shunday so’zlar bilan qarshilaydilar. Tag’in bir gap, qadimiy rus odatiga ko’ra, nonni har qanday taqdirda ham tashlamaslik kerak, bordi-yu, uni tushirib yuborsangiz, yerdan ko’tarib, nafaqat avaylab kirini qoqishingiz, qolaversa o’pishingiz va hatto undan uzr so’ramog’ingiz lozim. Dunyodagi barcha mamlakatlarda va hamma xalqlarda u yoki bu ko’rinishda mazkur odatga ulkan ma’naviyat bilan rioya etiladi.


Manba



Mo’jiza kitobning 3-jildi


Uzpedia.uz