Poltrgeyst nima?
Mabodo Rossiyada uylardagi hamma xurmachaqiliqlarni alvasti — domovoydan ko’rishgan bo’lishsa, Yevropada esa buningdek noxushliklarni poltergeystga to’nkashgan. Bu haqda ushbu g’ayritabiiy hodisa nomi kelib chiqishini o’ziyoq dalolat berib turibdi. Olmoncha “poltergeyst” kalimasi aynan shovqin yoki ur-yiqit (polter) keltirib chiqaruvchi ruhni (geist) anglatadi. Germaniyada Lyuter tomonidan ilk daf’a taomilga kiritilgan bu so’z Angliyada birinchi marta 1848 yilda ishlatilgan edi. Poltergeyst faqat XX asr boshlaridagina keng tarqala boshladi, o’shanda bu kalima maishiy uylarda sodir bo’lgan (yoxud go’yoki sodir bo’lgan) turli tushunarsiz hodisalarni ifodalay boshladi. Poltergeyst shaytoniy kuchlarning namoyon bo’lishiga oiddir va ularning xurmachaqiliqlariga tan jodugarliklariga hamma ham ishonavermasa-da, aksariyat soddadillar laqqa tushadigan butun iblisiy hodisalar olamidan biri edi va ko’pincha u yagonadek ham tuyulardi. Ko’psonli naqllarda keltirilishicha, poltergeystning xatti-harakatlari hamisha ham ziyon-zahmatli yoki xavf-xatarli bo’lavermagan. Aldov fosh bo’ladigan ko’pchilik hollarda g’ayritabiiy falokatlar odatda yoki aksfe’l va ayyor go’dakning qilg’ilig’i, yoxud katta yoshdagi kishining aqlan zaiflashuvi oqibati bo’lib chiqadi. Odatda o’smir unga qizig’i bo’lmagan hunarni o’rganishni istamaganida yoki kattalar unga man etib kelgan narsaga ega bo’lishni xohlaganida shunday xurmachahiliqlarni ko’rsatishga majbur bo’ladi. Va shunda uyda har qanaqangi ajabtovur narsalar sodir bo’la boshlaydi: buyumlar go’yo o’z-o’zidan o’rnini o’zgartiradi, pardalar ucha boshlaydi yoki polga qulab tushadi. Bolalar o’zlarining xurmaqiliqlarini shu qadar takomillashtirishardiki, hatto aldovni fosh etish ancha-muncha vaqtni band qilar edi. Albatta, barcha hodisalarni iblisvachchalar poltergeystdan ko’rish ancha qulay bo’lgan. Ruhoniylar odatda shunday qilishgan ham, darvoqe, “chinakam falokat” tavsifiga o’zlaridan yangi tafsilotlar qo’shib qo’yish imkoniyatini hech qo’ldan chiqazishmagan. Mana, masalan, Kallas shahrida bo’lib o’tganlar haqida naql: “tosh oqsochning yelkasiga zarb bilan urildi, stol ustida turgan idish-tovoqlar ham unga qarab sapchidi. Shaharning katta qismi ustida esa kuchli o’kirik bilan to’zg’itib yuborilgan cherepitsa va shiferlar ikki milya naridan ko’rinib turardi (Kallas shahri atroflarida bunchalik miqdorda cherepitsa va shifer bo’lishi mumkin emasdi, chunki mazkur shahardagi deyarli barcha uylar xurmo novdalari bilan bostirilgan edi) … bog’da g’ishtlar chirpirab uchardi va tuzab qo’yilgan yemak stoli ag’anab tushdi”. Bu tavsif ushbu maskanning chekiga tushgan tabiiy ofatning tavsifiga o’xshab ketishiga ishonch hosil qilish aytarli mushkul emas. Kuchsizroq zilzila yoki kuchli bo’ron o’tishining alomatlari yaqqol ko’zga tashlanib turibdi. Ammo hamma joyda Shaytonning qilmishlarini ko’ruvchi o’rta asrlar kishisining nuqtai nazaricha sodir bo’lmishlar poltergeystning namoyon bo’lishiga nisbat berilishi lozim. Muqarrar, poltergeystni tushuntirib berishda ko’p narsa nafaqat tasavvurga, qolaversa insonning o’z tevaragida sodir bo’layotganlarni jiddiy va ilmiy nuqtai nazardan izohlab berishiga ham bog’liq bo’ladi. Ruhshunoslar asabiy jihatdan qattiq toliqish va zo’riqish holatida bo’lgan odam dorilbaho kuchlari aralashuviga ishonishga oson moyil bo’lishini allaqachon isbotlashgan. Shuning uchun ham eng oddiy hodisalar ortidan qandaydir sirli kuchlarning kutilmaganda “kashf etilishi” tez-tez uchrab turadi.
Manba
Mo’jiza kitobning 3-jildi
Uzpedia.uz