POLIMONODIYA
POLIMONODIYA (poli… va monodiya) — musiqiy-ijodiy tamoyil, monodik bayonning polifoniya unsurlari yordamida boyitishga asoslanadi. O’zbek an’anaviy musiqada 20-asr o’rtalaridan bastakorlikning taraqqiyoti, xususan, uslubiy qamrovlari kengayishi jarayonida shakllangan. Dastlab uning alomatlari F.Sodiqov (o’zbek sozlari ansambli uchun “O’zbekcha vals”), M.Mirzaev (Qashqar rubobi va ansambl uchun “Dildor 1-2”, “Yangi Tanavor” va boshqalar), N.Hasanov va K.Jabborov (ikkalasining ommabop kuy va qo’shiqlari)lar ijodida namoyon bo’ldi. Keyinchalik N.Qulabdullaev (g’ijjak va rubob uchun “o’ylamang” va boshqa cholg’u asarlar), ayniqsa, A.Ismoilov (g’ijjak va ansambl uchun “holim so’rma”, “uchrashuv”; g’ijjak, qonun va nay uchun “favvora”, “To’yona” va boshqalar), O’.Rasulov (g’ijjak va ansambl uchun “Hayol”, “seni eslab” va boshqalar)lar Polimonodiya imkoniyatlarini teran ifoda vositasi darajasiga ko’tarishgan. O’zbek (shuningdek, Ozarbayjon, turk, tojik) an’anaviy ijrochiligida sozanda va xonanda (T.Qodirov — “Dog’man”, “Tanavor”, K.Rahimov — “Nargiz”) lar ham Polimonodiya unsurlaridan unumli foydalanishgan. To’xtasin G’afurbekov.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz