Podarjlar na yaxshi yura oladi, na sakray oladi. Kun bo’yi daraxtdan tushmaydi va novdalarda mudrab o’tiradi. Qorong’ilik quyuqlashishi bilan podarjlar ovga chiqadi, havoda aylanib, hasharotlar bilan oziqlanadi. Shu bois bu qushlar tungi qushlar deb ataladi. Bilamizki, qanotlilar, asosan, tongda va kunduzi sayraydi, ular esa tunda va kutilmaganda sayraydi. Podarjlarning ayrim turlari jarangli ovoz chiqarib, tunda zavq bilan sayraydi. Boshqalarining ovozi juda yoqimsiz. Bu qushlarning quloqni qoqadigan sayrog’ini eshitib qolsangiz, qorong’i o’rmonda qo’rqib ketishingiz hech gap emas.
Manba
Mo’jiza kitobning 1-jildi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish