“Plankton” so’zi yunoncha bo’lib, “darbadar”, “suvda qalqib yuruvchi” degan ma’nolarni anglatadi. Plankton — bu milliardlab jimitday tirik organizmlardan tarkib topgan, suvda suzib yuruvchi tirik massa. Bunday organizmlarning ayrimlari, masalan, zarraday yashil o’simliklar hamisha planktonligicha qoladi. Boshqa jonivorlar, masalan, baliqlar, omarlar (dengiz qisqichbaqalari) embrion rivojlanishi bosqichida planktondan iborat bo’ladi. Ba’zan planktonlar tarkibiga kattaroq meduzalar yoki oddiy mikroskoplarda ko’rib bo’lmaydigan moddalar kirib qoladi. Biroq plankton oqim bilan birga suzishi va oqim bilan birga yashashi mumkin. Planktonning eng kichkina organizmlari bir hujayrali o’simliklar, mikroskopda ko’rinadigan suv o’tlaridir. Mana shunday rang-barang suv o’tlaridan birining nomi diatom yoki kremniy deyiladi. Ikki litr suvda ularning bir millionga yaqinini ko’rishingiz mumkin. Planktonlarning hayot tarzi ancha g’alati. Ulardan birining nomi noksimon kopepoddir (kopepod “eshkakoyoqli chig’anoqcha” degani). Kopepod mitti panjalarini eshkak eshayotganday ildam harakatlantirib, juda chaqqon suzadi. Eng mitti kopepodning uzunligi kamida 13 mm keladi. Turli-tuman yosh mollyuskalar ham planktondan iborat. Ular sho’r suvda yashaydigan krevetkalar, krablar, omarlar va dengiz o’rdaklari (chig’anoqsimonlar turi), shuningdek, chuchuk suvda yashaydigan langustlar va dengiz burgalaridir. Bu mollyuskalarning lichinkalari yoki endi rivojlanayotganlari juda mayda bo’lib, faqat mikroskopda ko’rinadi va rivojlanishining ayni bosqichida mustaqil harakatlana olmaydilar, shu bois ular boshqa planktonlar bilan birga ko’chib yuradi. Boshqa mollyuskalar, masalan, shilliqqurt va midiyalar ham o’zlarini shu tarzda tutadi. Ular rivojlanishining ilk bosqichida planktonlar a’zosi sanaladi. Plankton o’zida hasharotlar tuxumi va ko’pgina baliqlarning lichinkalarini biriktiradi. Toza suvda planktonlar tarkibiga ko’pincha rivojlanayotgan hasharotlar kiradi. Bir kunlik pashshalar, ninachilar, dengiz qo’ngizlari va boshqa turli hasharotlar tuxumlarini suvga qo’yadi. Lichinkalar tuxumdan yorib chiqqanda plankton o’simliklari bilan oziqlanib yashaydi. Bular plankton tarkibiga kiruvchilarning bir qismi, xolos. Ko’ryapsizmi, ular tarkibiga qanchalab hayvon va o’simliklar kiradi, shuning uchun ham ularni o’rganish qiziqarlidir.
Manba
Mo’jiza kitobning 1-jildi
Sun'iy intellekt javobi:
Plankton — bu suv muhitida erkin suzib yurgan, asosan mikroskopik o‘lchamdagi organizmlar to‘plamidir. Ular dengizlar, okeanlar, quyoshli daryolar va ko‘llarda mavjud bo‘lib, suv ekotizimining asosiy qismi hisoblanadi. Plankton suv ustida yoki suvning turli qatlamlarida suzib yuradi, lekin ularning harakati odatda suv oqimlari va boshqalar tomonidan boshqariladi, shuning uchun ular faol ravishda suzmaydi yoki suzish qobiliyati juda zaif.
Plankton ikki asosiy turga bo‘linadi:
Fitoplankton – bu fotosintez qila oladigan o‘simlik yoki o‘simlikka o‘xshash organizmlar. Ular quyosh nuridan energiya oladi va suvdagi karbonat angidridni kislorodga aylantiradi. Fitoplankton dengiz va suv ekosistemalarining asosiy boshlang‘ich ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va oziq-ovqat zanjirining poydevori hisoblanadi.
Zooplankton – bu kichik hayvonlar, plankton organizmlarini iste’mol qiluvchi va shu bilan birga kattaroq dengiz hayvonlari, baliqlar, baliqning yosh avlodlari uchun oziqa manbai bo‘ladigan organizmlar. Zooplankton fitoplankton va boshqa organik moddalardan oziqlanadi.
Planktonning ahamiyati juda katta: ular ekologik tizimlarda birinchi darajali ishlab chiqaruvchi bo‘lib, atmosferaga kislorod ajratadi, dengiz hayotining asosiy oziq-ovqat zanjirini tashkil etadi va global karbon aylanishida katta rol o‘ynaydi. Shuningdek, plankton turlarining soni va sifati suv muhitining holatini baholash uchun indikator sifatida ishlatiladi.
Umuman olganda, plankton — suv hayotining juda muhim va keng tarqalgan mikroorganizmlar to‘plami.
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish