“Piro” yunonchadan tarjima qilinganda, “olov” degan ma’noni anglatadi. Shuning uchun ham fransuzlar yog’ochni o’tda toblashni pirogravyura deb atashadi. Toblash paytida hosil bo’ladigan rang turli-tuman tuslarda – to’q jigarrangdan och sarg’ish ranggacha bo’lishi mumkin. Yog’ochni o’tda toblash san’ati — eng qadimiylaridan. Ammo kavsharlagich ixtiro etilmasaydi, u ibtidoiy darajada qolib ketgan bo’lur edi. Elektr toki oldindan tushirilgan rasmni toblaydigan uchlikni qizdiradi. Shakliga va qalinligiga ko’ra har xil uchliklar yog’ochda iz qoldirgani singari suyak va charmda ham iz qoldiradi. Toblash amaliy-bezak san’atining ayniqsa esdalik buyumlari tayyorlash paytida ko’p qo’llanadigan turlaridan biridir.
Manba
Mo’jiza kitobning 3-jildi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish