Pirmuhammadxon II
Pirmuhammadxon II (1550—1601) — Buxoro xonligidagi Shayboniylar sulolasining o‘n ikkinchi hukmdori. 1598-1601 yillar hukmronlik qilgan.
Buxorodagi shayboniylar sulolasining so‘nggi hukmdori. Pirmuhammadxon II taxtga Abdullaxon II ning o‘g‘li Abdulmo‘minxon fitnalari oqibatidan so‘ng 1598 yil taxtga o‘tiradi. Uning hukmdorlik davri taxtga kurashish va o‘zaro nizolar bilan ko‘rinadi. Mamlakat Eronning safoviylari hujumiga uchraydi. 1601 yil Samarqand gubernatori Boqi Muhammadning Pirmuhammadxon jangchilarini tor-mor qiladi. Tez orada Boqi Muhammad Buxoroni bosib oladi va yangi — Ashtarxoniylar sulolasiga asos soladi. Toshkentni boshqarishda o‘z nomidan kumush va mis tangalar chiqargan shayboniylar vakili Keldimuhammadning (1598-1604) o‘zi qoladi.
Pirmuhammadxon 1601 yil halok bo‘ladi.
Manba: arboblar.uz
Uzpedia.uz