PIRLS
PIRLS (inglizcha: Progress in International Reading Literacy Study'
) — bu turli mamlakatlarda boshlangʻich sinfda tahsil oluvchi oʻquvchi yoshlarning matnni oʻqish va tushunish darajalari sifatini baholab beruvchi xalqaro baholash tizimidir. Tadqiqot davriy ravishda - har besh yilda bir marta o'tkaziladi va hozirgacha besh marta: 2001, 2006, 2011, 2016 va 2021-yillarda o'tkazilgan.
PIRLS o'qish ta'limini takomillashtirish uchun dalillarga asoslangan qarorlar qabul qilish imkoniyatini beradi. Davlatlar PIRLS dan quyidagi maqsadlarda foydalanadilar:
Tarixi
PIRLS loyihasi Ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA — International Association for the Evaluation of Educational Achiyevement) shafeligida yaratilgan. Xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish uchun Chestnut Hill (Massachusets, AQSh) Boston kolleji mas'ul hisoblanadi. Xalqaro tadqiqot uchun topshiriqlarni tayyorlash Gamburgdagi (Germaniya) ma'lumotlar markazida amalga oshiriladi.
Ozbekistonda ushbu tadqiqot Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Wayback Machine saytida 2022-06-30 sanasida arxivlangan) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Tadqiqot uslubi
PIRLS xalqaro tadqiqoti boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'qib tushunish ko'nikmalarini qay darajada rivojlanganligi haqidagi ma'lumotlarni xalqaro miqyosda taqqoslash imkonini beradigan, o'qish va o'qitishni yaxshilashda ta'lim sohasidagi davlat siyosatiga xizmat qilishi mumkin bo'lgan tahlillarni taqdim etadi. Hozirgi vaqtda PIRLS ta'rifiga ko'ra, o'qish savodxonligi jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma til shakllarini tushunish va ulardan foydalanish, shuningdek, matnlardan turli shakllarda ma'no hosil qila olish qobiliyati hamdir.
Tadqiqot doirasida asosiy e'tibor tushunishni namoyon qilishdan o'zlashtirilgan ma'lumotlarni qanday qilib yangi loyihalar va vaziyatlarda qo'llay olish qobiliyatlarini namoyon qilishga qaratilgan.
O'quvchi bu jarayonning faol qatnashuvchisi bo'lib, ma'no yaratadi, matn ustida mushohada yuritadi va samarali o'qish strategiyalarini ongli ravishda tanlab qo'llaydi. Har bir matn turi odatiy shakl va qoidalarga amal qilgan holda o'quvchiga matnni sharhlashga yordam beradi. Har qanday matn turli shaklga ega bo'lishi mumkin. Bular an'anaviy kitoblar, jurnallar, hujjatlar va gazetalar, shuningdek, raqamli ko'rinishdagi yozma shakllarni ham o'z ichiga oladi.
PIRLS tadqiqotida o'quvchilarning dars vaqtida va maktabdan tashqari vaqtlarida o'qishini ikki turi baholanadi:
Tadqiqot qoidalariga muvofiq, badiiy va informatsion matnlarni o'qiyotganda o'qish qobiliyatining to'rtta guruhi baholanadi:
Tadqiqotdagi matnlar murakkabligiga ko'ra, o'rtacha 500 dan 800 tagacha, o'quvchilarning o'qish savodxonligi darajasi past bo'lgan mamlakatlar uchun 400–500 ta, ePIRLSda esa, taxminan 1000 ta so'zdan iborat bo'ladi.
Matnning mazmuni 9-10 yoshdagi o'quvchilarga mos, ayrim madaniyatlarga juda xos bo'lgan mavzulardan chetlashgan, shuningdek, qiziqarli hamda o'quvchiga unchalik tanish bo'lmaydi.
PIRLS tadqiqotida o'qish savodxonligining darajalari quyidagicha tavsiflanadi:
Eng yuqori daraja (625 ball va undan yuqori) – O'quvchilar matnni yaxlit o'zlashtira oladi va ayni paytda uning alohida qismlarini bir-biri bilan bog'liq holda tushunadi. Muallifning g'oyasini izohlashda o'z fikrini asoslash uchun matnga tayana oladi.
Yuqori daraja (550 ball) – O'quvchilar matnning ahamiyatli xabarlarini tushunadi, matnga asoslanib o'z xulosalarini chiqaradi, matn mazmuniga ham, shakliga ham baho bera oladi, uning ayrim til xususiyatlariga e'tibor qarata oladi.
O'rta daraja (475 ball) – O'quvchilar matndan axborot topa oladi, matn shakli va tilining ba'zi xususiyatlaridan foydalanib, matnga asosan o'z xulosalarini chiqaradi.
Quyi daraja (400 ball) – O'quvchilar matnda aniq berilgan va cheklash oson bo'lgan xabarni ajratib oladi.
Natijalarni baholash tartibi
PIRLS da bajarilgan ishlarni sifatli va miqdoriy baholash uchun quyidagi tizim qo'llaniladi:
- javobni tanlash usulidagi to'g'ri javoblar 1 ball bilan baholanadi;
- mavzu ketma-ketligini belgilash borasidagi to'g'ri javoblar 1 ball bilan baholanadi;
- erkin javob berishg kerak bo'lgan topshiriqlar vazifaning murakkabligiga qarab 1 balldan 3 ballgacha baholanadi.
Natijalarni yakuniy qayta ishlash uchun zamonaviy sinov nazariyasi qo'llaniladi.
Tadqiqot natijalari
PIRLS-2001
PIRLS-2001 tadqiqotida 35 ta davlat ishtirok etgan. Tadqiqotda 4-sinf o'quvchilarining o'qish savodxonligi baholangan.
PIRLS-2006
PIRLS-2006 tadqiqotida 40 ta davlatdan 215 000 ga yaqin o'quvchilar ishtirok etgan.
2006-yildagi tadqiqotda baholash testi to'rtta jarayonni ko'rib chiqdi:
PIRLS-2011
PIRLS-2011 tadqiqotida 45 mamlakatdan 325000 o'quvchi qatnashdi. An'anaga ko'ra, tadqiqotlarda Angliya, Shimoliy Irlandiya, Belgiyaning fransuz tilida so'zlashuvchi qismi va Gonkong mustaqil ishtirokchilar sifatida qatnashdi, chunki ularning ta'lim tizimi sezilarli farqlarga ega. Tadqiqotda ishtirok etuvchi har bir mamlakatning 150-200 maktabidan 4000 ga yaqin o'quvchilar qatnashgan.
2011-yil ma'lumotlariga ko'ra Gonkong, Rossiya, Finlandiya va Singapurda o'quvchilar o'qishni yaxshi o'zlashtiradilar. Ushbu davlatlarning to'rtinchi sinf o'quvchilari barcha ishtirok etgan boshqa davlatlar orasida eng yaxshi natijalarni ko'rsatdilar. Ushbu mamlakatlarning o'rtacha ballari orasidagi farq unchalik katta emas. Boshqa ishtirokchi davlatlarning natijalari yetakchi to'rt mamlakatning natijalaridan ancha past.
PIRLS-2016
PIRLS-2016 tadqiqot natijalari 2017-yil 5-dekabrda chop etildi. Ushbu siklda ikkita qo'shimcha tashabbus qo'llanildi:
1) PIRLS savodxonligini baholash (ilgari prePIRLS nomi qoʻllanilgan) qamrov doirasi va hajmi boʻyicha PIRLSga teng va PIRLS kabi oʻqish tushunchasini aks ettiradi.
2) 2016-yilda joriy etilgan ePIRLS – oʻquvchilarning onlayn oʻqish paytida ma’lumot olish va undan foydalanish qobiliyatini kompyuterda oʻqishni baholash tashabbusi. Baholash ilm-fan va ijtimoiy fanlar bo'yicha maktabga o'xshash haqiqiy topshiriqlar bilan qiziqarli, simulyatsiya qilingan internet muhitini o'z ichiga oladi. Ushbu ePIRLS onlayn o'qish yutuqlari shkalasi mamlakatlarga to'rtinchi sinf o'quvchilarining onlayn o'qish ko'rsatkichlarini PIRLS o'qish yutuqlari shkalasidagi ko'rsatkichlariga nisbatan tekshirish imkonini beradi.
Mamlakatlar boʻyicha talabalarning erishgan yutuqlari boʻyicha PIRLS-2016 natijalariga koʻra, 18 ta davlatda oʻrtacha koʻrsatkich yuqoriroq, 13 mamlakatda bir xil oʻrtacha yutuq va 10 mamlakatda oʻrtacha koʻrsatkich pastroq boʻlib, 50 ta davlatning 48 tasida qizlarning oʻqish darajasi oʻgʻil bolalarga qaraganda yuqori boʻlgan
PIRLS-2016 tadqiqot natijalariga ko'ra, o'rtacha o'qish darajasi eng yuqori bo'lgan o'nta mamlakat: Rossiya Federatsiyasi, Singapur, Gonkong, Irlandiya, Finlandiya, Polsha, Shimoliy Irlandiya, Norvegiya, Tayvan va Angliya davlatlaridir.
PIRLS-2021
PIRLS 2021 tadqiqotida O'zbekiston o'quvchilari ham ishtirok etib 57 mamlakatlar orasida 49-o'rinni egalladi. Birinchi o'rin esa, Osiyoning yana bir mamlakati Singapur, ikkinchi o'rin Irlandiya, uchinchi o'rin Gonkong mamlakati yuqori o'rinlarni egallagan. Ma'lumot uchun, MDX mamlakatlari ham ushbu nufuzli tadqiqotda ishtirok etib, Rossiya 4-o'rin, Qozog'iston 38-o'rin, Gruziya 41-o'rin va Ozarbayjon 48-o'rinlarni egallagan.
Manbalar
uz.wikipedia.org