PETROV REVO MARKOVICH
PETROV REVO MARKOVICH (1943.21.3, Oltoy viloyati) — harbiy dirijyor, kompozitor. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1977). 1951-53 yillar Mudofaa vazirligining alohida namunali ko’rgazmali harbiy orkestrida xizmat qilgan (Moskva). Moskva harbiy dirijyorlar tayyorlash institutida ta’lim olgan (1953-1957). Germaniyadagi Sovet qo’shinlari orkestrida (1957-62), Turkiston harbiy okrugining turli harbiy orkestrlari (1963— 1976) da harbiy dirijyor. 1976-1987 yillar Turkiston harbiy okrugi orkestr xizmati boshlig’i. 1987 yildan Hamza nomidagi Respublika musiqa kollejida o’qituvchi, orkestr cholg’ulari kafedrasi mudiri. Puflama sozlar orkestri uchun “estrada miniatyurasi”, “Navro’z”, “salom”, “Toshkent” marshlari, “Intermesso” kabi asarlar yaratgan, qator kuylarni orkestrga moslashtirgan. “Damli cholg’ular orkestri jamoasi uchun darslik” muallifi (2004).
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz