Pazdzerskiy Vladimir Andreyevich
Fizika-matematika fanlari doktori sanaladi. U Toshkent davlat universitetining fizika nazariyoti kafedrasida o‘zining ilmiy maktabini yaratdi. 1997 yil O‘zbekiston davlat hukumati unvoni “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” ga sazovor bo‘lgan.
Vladimir Andreyevich Pazdzerskiy 1934 yil 25 aprel Toshkentda tug‘ilgan. Uning ota-onasi XX asrning o‘ttizinchi yillarida “Xalq dushmani” deb SSSRning Yevropa qismidan O‘rta Osiyoga surgun qilingan.
Vladimir Andreyevich 50- son maktabda tahsil olib, ushbu maktab doim Toshkentning ko‘zga ko‘ringan o‘quv maskanidan sanalib, yosh Andrey uni oltin medal bilan bitirgan. U yoshlik chog‘idan samodagi yulduzlar uni o‘ziga maftun etgan. Shuning uchun u maktabni tamomlagach, O‘ODU (Toshkentdagi Milliy universitet o‘sha davrda shunday atalardi) ning fizika-matematika fakultetiga o‘qishga kirdi, keyinchalik astronomiya kafedrasini tanladi.
Biroq, Vladimir Andreyevich 3-kursda tahsil olgan mahalda astronomiya kafedrasi yopildi, shunda u fizika nazariyoti kafedrasiga o‘tdi va u yerni muvaffaqiyatli bitirdi. Vladimirga kafedrada assistent sifatida qolishni taklif etishdi.
1961 yil V.A.Pazdzerskiy va uning do‘stlari hamda hamkasblari - Hotam Vohidovich Valiyevga o‘xshagan yosh va istiqbolli mutaxassislar Moskvaga malaka oshirish uchun Fanlar Akademiyasi fizika institutiga yuborildi. Ular ushbu dargohda mashhur olim Lev Davidovich Landau ma’ruzalarini, shuningdek, boshqa mashg‘ulotlarni fizika bo‘yicha o‘zlariga ilmiy rahbar qidirdilar.
Vladimir Andreyevich o‘ziga ilmiy rahbar sifatida taniqli nazariyotchi V.Ya.Faynbergni tanladi. V.A.Pazdzerskiyning birinchi ishi V.Ya.Faynber rahbarligi bilan o‘sha davrda dolzarb bo‘lgan deytronlarning pionlar bilan o‘zaro ta’siri va pionlarning foto tug‘ilishi muammolari xususida bo‘lib o‘tdi.
U fizikaning ilmiy nazariy tadqiqot sohasida tinimsiz o‘z ustida ishlab ToshDUning fizika nazariyotida kafedrasida o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritdi. 1962 yil FAFI ilmiy kengashida bu tadqiqotlar asosida ilmiy tadqiqotchi sifatida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi va fizika-matematika fanlari nomzodi bo‘ldi.
1993 yil V.A.Pazdzerskiy ToshDUning fizika nazariyoti bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi va fizika-matematika fanlari doktori unvoniga ega bo‘ldi.
ToshDUning fizika nazariyoti kafedrasida ixtisoslashtirilgan fizika nazariyoti kursi bo‘yicha talabalarga ma’ruzalar o‘qidi. U ajoyib ma’ruzachi bo‘lgan, hajviy yo‘l bilan talabalarga fanni g‘oyat chiroyli tarzda ifodalab berardi. U 40 yil mobaynida ToshDUning fizika fakultetida Kvant mexanikasidan ma'ruzalar o‘qigan.
O‘zbekistonda ko‘p yillardan buyon o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashga qaratilgan samarali ishi uchun 1997 yilda O‘zbekistonning "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi" Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Vladimir Andreevich Pazderskiy 2004 yil 3 sentyabr kuni Toshkent shahrida vafot etgan va u Botkin qabristonida dafn etilgan.
Manba: arboblar.uz
Uzpedia.uz