Pashshalarning qancha turi bor?
Bu savolga: “jonga tegadigan faqat bitta turi bor!”degan javob bo’lishi mumkin. Pashshalarning hamma xavfsiz turi shilqim bo’ladi, ularning turi 40 000 atrofida! Dunyoda pashshadan ozor topmagan joyni topish amrimahol. Iqlimi mo’tadil vohalarda kimyoviy vositalar va boshqa usullar bilan bu hasharotlarga qarshi kurashilsa, pashshalarning jig’ga tegishini kamaytirish mumkin. Pashshalarning bunchalik ko’p turi mavjudligi sizni hayron qoldiryaptimi? Buning sababi — bizning mavzuga ilmiy yondashayotganimizda! Ikki qanotli hasharotlarning hammasi pashshalar, ilmiy tilda “dipterlar” deyiladi. Ularning safiga, shuningdek, moskitlar ham kiradi. Bular hali hammasi emas. Keng tarqalganlari orasida xonadonlarda yashaydigan pashshalar, chaqishi og’riqli bo’lgan Yashilbosh so’nalar, gullar nektari bilan oziqlanadigan asalarisimon pashshalar bor. Endigi so’zimiz pashshalarning ajoyib turlari haqida bo’ladi. Sanoqsiz g’uj bo’lib uchib yuradigan, shimol o’rmonlarida yashaydigan qora pashshalar ba’zan odamlar va hayvonlarni oyoqdan chala oladigan darajada chaqishi bilan dong taratgan. AQShning Janubiy Shtatlarida yashaydigan ayrim iskabtoparlar chaqqanda shilliq pardani yallig’laydigan kasallik mikroblarini yuqtiradi. Afrikada yashaydigan tsese pashshasi uyqu kasalining o’limga olib keluvchi mikroblarini tashiydi. Avstraliyaning qaroqchi pashshalari boshqa pashshalar bilan oziqlanadi va ularning suvini so’rib oladi. Aytgancha, ninachi va may pashshalari rosmana pashsha emas, chunki ularning qanoti ikkitadan ko’p. Eng taniqlisi, albatta, xonadon pashshasidir. Xonadon pashshalarining “mo’ylovchasi” sezgi a’zosi emas, balki hid bilish a’zosidir. Bu mo’ylovchalar hidni juda uzoq masofadan sezadi. Bu pashshalarning og’zi — bitta a’zodan iborat, uni “til” deb noto’g’ri gapiradilar. Pashsha tovoniga birikkan ikkita changali uchida yuradi. Changali tagidagi yopishqoq dumboqchalar pashshaning bemalol oyog’ini yuqori qilib yurishiga yordam beradi.
Manba
Mo’jiza kitobning 1-jildi
Uzpedia.uz