Pablo Ruiz




Pablo Enrique Ruíz (talaffuzi: Pablo Enrike Ruiz; 1998-yil 20-dekabrda Argentinada tugʻilgan) — argentinalik futbolchi, „Real Salt Lake“ futbol klubida yarim himoyachisi. Enrique Ruíz „San-Lorenzo“ futbol akademiyasining bitiruvchisi hisoblanadi. 2015-yilda Paragvayda boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan.

Shaxsiy hayoti



Uning ota-onasi argentinalik, bobosi va buvisi esa chililik boʻlgan. Bobo-buvisi chililik boʻlgani tufayli u 2016-yil oxirida „San-Luis de Quillota“ futbol klubiga qoʻshilishdan oldin, Chili fuqaroligini olgan.

Klublardagi faoliyati



Enrique Ruíz „San-Lorenzo“ futbol akademiyasining bitiruvchisi hisoblanadi. 2017-yilda Pablo oʻzining birinchi professional shartnomasini Chilining „San Luis Quillota“ futbol klubi bilan imzolagan. Shu bilan bir qatorda, 6-avgust kuni Viña del Mardanning „Everton“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Chili premyer ligasida debyut qilgan. 2018-yil boshida Enrique Ruíz Amerikaning „Real Salt Lake“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. Shuningdek, 12-aprel kuni „New York City“ futbol klubiga qarshi oʻyinda futbolchi Amerika Qoʻshma shtatlaridagi MLS ligasida debyut qilgan.

Xalqaro faoliyati



2015-yilda Enrique Ruíz Paragvayda boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan. Turnirda u Boliviya, Chili, Paragvay, Braziliya terma jamoalariga, ikki marta Urugvay va Ekvador jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan. Boliviyaliklarga qarshi kechgan bahsda Pablo dubl qayd etgan.

Oʻsha yili Enrique Ruíz Chilida boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan. Hamda, bu turnirda Germaniya, Meksika va Avstraliya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

Statistika




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz