Pablo Rosario




Pablo Paulino Rosario (1997-yil 7-yanvarda tugʻilgan) — gollandiyalik professional futbolchi, Liga 1ning Nice klubi yarim himoyachisi. 2018-yilda Gollandiya terma jamoasi safida bir marta maydonga tushgan.

Klublardagi faoliyati



Ilk faoliyati



Rosario oʻzining futbol faoliyatini AVV Swiftning yosh toifadagi jamoasida boshlagan. „Feyenoord“ da qisqa muddat oʻynaganidan keyin mahalliy klub AFC DWSga qoʻshilgan. 2012-yilda Gollandiyaning HUMAN teleradiokompaniyasi Rosario DWSning D1 jamoasi sardori boʻlgan davridan boshlab hikoya qiluvchi „The Price of Heaven“ hujjatli filmini chiqardi.

OAV tomonidan boʻlajak Ronaldu sifatida koʻrilgan. 2010-yilda Orlando Trustfull qoʻl ostida „Ajax“ B2 (16 yoshgacha) jamoasiga qoʻshildi.

Almere City



2014-yilda Rosario „Ajax“ning ligadoshi Almere Cityga oʻtdi. 2015-yil 7-avgustda Gollandiya professional futbolining ikkinchi ligasi boʻlgan Eerste Diviziyasida VVV-Venloga qarshi oʻyinning (3:3) 53-daqiqasida zaxiradan maydonga tushib debyut qildi.

PSV



2016-yilning 25-iyulida Pablo Rosario Gollandiyaning PSV klubi bilan 4 yillik shartnoma imzoladi.

Nice



2021-yilning 27-iyulida Pablo Rosario Fransiyaning Nice klubi bilan shartnoma imzoladi

Xalqaro faoliyati



Rosario Gollandiyada tug‘ilgan, kelib chiqishi Dominikandan. 2013-yil 9-fevral kuni Avstriya U-16 terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida Gollandiyaning 16 yoshgacha bo‘lgan terma jamoasi safida debyut qilgan. 2015-yilning 12-noyabrid Gollandiya U19 terma jamoasi safida 2016-yilgi UEFA U-19 Yevropa chempionati saralash bosqichi doirasida Angliya U19ga qarshi o‘yinda maydonga tushdi va oʻyin 2:2 hisobida durang bilan yakunlandi.

Rosarioni ilk bor 2018-yil oktabr oyida Ronald Kuman Niderlandiya terma jamoasiga chaqirdi. Terma jamoadagi debyutini 16-oktabr kuni Belgiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida o‘tkazdi

Karyera statistikasi



Klub



21-may, 2022-yil[9][10]

Yutuqlari



PSV

Nice

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz