Pablo Pérez




Pablo Javier Pérez (talaffuzi: Pablo Xaver Peres; 1985-yil10-avgustda Argentinaning Rosario shahrida tugʻilgan) — argentinalik futbolchi, „Newell’s Old Boys“ va Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi.

Klublardagi faoliyati



Pablo Pérez „Newell’s Old Boys“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2006-yil 2-dekabrda „Godoy Cruz“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Argentina premyer ligasida debyut qilgan. 2007-yil 26- may kuni „Estudiantes“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Pablo Pérez xet-trik qayd etgan. 2009-yilda ijara asosida Ekvadorning „Emelec“ jamoasiga oʻtgan. 17-avgust kuni „Olmedo“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Pablo Pérez Ekvador A seriyasida debyut qilgan. 17-sentabr kuni „ESPOLI“ futbol klubiga qarshi bahsda Pablo Pérez yangi klubi safida ilk golini urgan. 2010-yilning yozida Pablo Pérez „Union Santa Fe“ futbol klubiga ijaraga berilgan. 8-avgust kuni Pablo Pérez „Deportivo Merlo“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan. 11-dekabr kuni „Ituzaingó“ futbol klubiga qarshi bahsda Pablo Pérez „dubl“ni amalga oshirgan.

2014-yilning qishida Pablo Pérez Ispaniyaning „Málaga“ futbol klubiga oʻtib, uch yarim yillik shartnoma imzolagan. 17-yanvar kuni „Valencia“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u ikkinchi boʻlimda debyut qilgan. 25-mart kuni „Espanyol“ futbol klubiga qarshi bahsda Pablo Pérez oʻzining birinchi golini „Málaga“ futbol klubi darvozasiga kiritgan.

2015-yil boshida Pablo Pérez „Boca Juniors“ futbol klubiga ijaraga oʻtgan. 15-fevral kuni „Olimpo“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Pablo yangi jamoada debyut qilgan. 3-may kuni „River Plate“ futbol klubiga qarshi bahsda Pablo Pérez „Boca Juniors“ safidagi ilk golini urgan. Sentabr oyida klub rahbariyati Pablo Pérezning transferini sotib olgan va Pablo Pérez bilan 2019- yilgacha shartnoma imzolagan.

Pablo Pérez 2019-yildan beri „Independiente“ futbol klubida oʻynamoqda.

Xalqaro faoliyati



2018-yil 27-mart kuni Ispaniyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Pablo Pérez Argentina terma jamoasi safida debyut qilgan va ikkinchi boʻlimda Ever Banega oʻrniga maydonga tushgan.

Statistika




Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz