Paarys
Parij (fransuzcha: Paris; fransuzcha talaffuzi: pagʻi) Fransiyaning poytaxti va aholisi boʻyicha eng yirik shaharidir. 2019-yil holatiga koʻra, shahar aholisi 2 165 423 nafar kishini tashkil etadi. Maydoni 105 km (41 mi) ga teng boʻlib, jahondagi 34-aholi eng zich joylashgan shahardir (2020). XVII asrdan beri Parij dunyoning eng yirik moliya, diplomatiya, savdo-sotiq va moda markazlaridan biri boʻlib kelmoqda. Bundan tashqari, Parij shahri Fransiya aholising qariyb 19 foizi (12 262 544 nafar kishi) istiqomat qiluvchi Île-de-France mintaqasining bosh shahri hisoblanadi.
Tarixi
Miloddan avvalgi 1-asrda hozirgi Parij oʻrnida gallar qabilasi boʻlgan pariziylarning Lutetsiya qishlogʻi bor edi; rimliklar davrida yirik savdo markazi, milodiy 3—4-asrlarda Pariziya (fransuzcha: Parisii; galcha: Parisioi) deb atalgan („Parij“ nomi shundan olingan). 497-yildan frank qirollari qarorgohi. Karolinglar davrida — faflik markazi. 885—886-yillarda Parij normannlar qamaliga bardosh bergan. 987-yildan Parij fransuz qirolligi poytaxti. 14—15-asrlarda Parij bir qancha xalq harakatlari maydoniga aylangan. Yuz yillik urush davrida (1337—1453) Parij inglizlar tomonidan bosib olinib, 1436-yilgacha ular qoʻlida boʻlgan. 16-asrdagi diniy urushlarda Parijning siyosiy mavqei kuchaydi. 17-asrning oʻrtalarida, ayniqsa, 18-asrda Parij Yevropaning madaniy markaziga aylangan. Fransiya— Prussiya urushi (1870—71) davrida Parijni olmon qoʻshinlari bosib oldi. Ikkinchi jahon urushi davrida Parij hitlerchilarga qarshilik koʻrsatishning yirik markazlaridan biriga aylandi. Shahar 1944-yil 19—25-avgustda ulardan ozod qilindi.
Geografiyasi
Iqlimi
Shahar iqlimi — yumshoq, moʻtadil, dengiz iqlimi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 3,4 °C, iyulniki 18,8 °C. Yillik yogʻin — 645 mm.
Demografiyasi
Iqtisodi
Parij Fransiyada ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotining 1/4 qismini beradi. Sanoatning yetakchi tarmoqlari: mashinasozlik (xususan, avtomobilsozlik, elektrotexnika va elektropika) va metallsozlik. Samolyotsozlik, stanoksozlik, aniq mexanika va optika buyumlari ishlab chiqarish, harbiy sanoat ham salmoqli oʻrin egallagan. Kimyo sanoatida rezina, dori-darmon, fotomateriallar ishlab chiqariladi. Parijda tayyorlangan galantereya va parfyumeriya hamda zargarlik buyumlari, tayyor kiyimlar, safar anjomlari, turistlar uchun esdalik buyumlari dunyoga mashhur. Tikuvchilik, qogʻoz, poligrafiya, mebel, oziq-ovqat, qurilish materiallari sanoati rivojlangan. Turistlar koʻp keladi.
Transporti
Parij — transport yoʻllarining yirik tuguni, dare porti. Shahardan bir tomonga radial ketgan temir yoʻllar 2 qator halqa yoʻl bilan birlashtirilgan. 3 ta yirik aeroport bor. Parijda 1900-yildan metropoliten ishlamoqda.
Shahar radial-halqasimon qilib planlashtirilgan. Bir-biriga bogʻlanib ketgan, shaklan oʻziga xos ansambllar sistemasi shahar qiyofasiga alohida xusn bagʻishlaydi. Shaharning qadimgi markazi Île de la Cité („Shahar oroli“) boʻlgan. Bu yerda gotika uslubida qurilgan Bibi Maryam ibodatxonasi (Notre-Dame, 1163—1257), Sent-Shapel butxonasi (1243—48) kabi yodgorliklar saqlangan. 16—17-asrlarda Parij salobatli poytaxt qiyofasiga kirgan. Koʻchalar, maydonlar plan asosida qurilgan. Louvre (1546—19-asr oʻrtalari), Lyuksemburg saroyi (1615—21), Sorbonna universiteti va uningcherkovi (1629—53), Nogironlar uyi (1671—76), Nogironlar sobori (1680—1706), Vogezlar maydoni (1606—12), Val-degras monastiri (1645—71) bunyod etilgan. 18-asr va 19-asr boshlarida Parij markazida ulkan maydon barpo etildi. U Louvre maydonini, Karusel (1806) maydonidagi arkni yangi Rivoli koʻchasi, Tyuilri bogʻi, Yelisey maydoni, de Goll maydonidagi Zafar darvozasi (1806—37) bilan birlashtiradi. Shu rayonning gʻarbida turar joy kvartallari joylashgan. U Bulon oʻrmoniga borib taqaladi. Daryoning chap sohilida Panteon (1758— 90), Burbonlar saroyi (18—19-asrlar), Grand-Opera teatri binosi (1860—75), Eiffel minorasi (1889) qad koʻtargan. 20-asrda Parijda zamonaviy meʼmorlik uslubida Mars maydoni (1908—28), Shayo saroyi (1936), 60-yillarda va 70-yillarning boshlarida UNESCO binosi va boshqa yangi majmualar bunyod etildi. Sena daryosiga 60 dan ziyod koʻprik qurilgan.
Taʼlimi
Parijda mamlakatning yetakchi ilmiy tadqiqot institutlari va oliy oʻquv yurtlari joylashgan. Parij universiteti (13-asr), Fransiya kolleji, konservatoriya, konchilik, sanʼat maktablari, qishloq xoʻjaligi instituti, Fransiya instituti (tarkibida 5 akademiya mavjud) va h.k. bor.
Madaniyati
Parij shahrida muzeylar, 60 dan ziyod teatr, konsert zallari, yirik kutubxonalar, fazoni tadqiq qilish markazi, telemarkaz va boshqalar mavjuddir.
Maʼlumotlarga koʻra, 2021-yilda Louvre muzeyiga 2,8 million kishi tashrif buyurgan. Ushbu muzeyda jahonga mashhur Mona Lisa (La Joconde) portreti, Venus de Milo haykali, Liberty Leading the People surati va h.k.lar saqlanadi.
Parijning eng yirik opera teatrlari: Opéra Garnier (tarixiy Paris Opéra) va Opéra Bastille.
Bundan tashqari, shaharda sanoat va savdo birlashmalari, yirik mahalliy va xorijiy banklar, davlat maʼmuriy-boshqaruv idoralari, siyosiy partiyalarning rahbarlik organlari va h.k. joylashgan. Har yili Parijda savdo yarmarkalari oʻtkaziladi. Shahar atrofida oʻrmonlar saqlangan.
Parij 1900- va 1924-yillarda 2- va 8-Yozgi olimpiada oʻyinlariga mezbonlik qilgan. 2024-yilgi Yozgi olimpiada oʻyinlariga ham mezbonlik qilishi kutilmoqda.
Manbalar
Adabiyotlar
Oʻqish uchun
Havolalar
uz.wikipedia.org