P. H. Newby
Percy Howard Newby CBE (Britaniya imperiyasi ordeni) (1918-yil 25-iyun - 1997-yil 6-sentyabr) ingliz yozuvchisi va radioeshittirish adminstratori edi. U 1969-yilda „Something to Answer For“ romani uchun oʻzining ilk yutugʻi Buker mukofotini qoʻlga kiritdi.
Oʻsmirligi
P.H. Newby nomi bilan tanilgan Howard Newby 1918-yil 25-iyun kuni Sasseks abbatligining Kroboro shahrida tugʻilgan va Vorkestershir abbatligidagi Hanley Castle oʻrta maktabida, undan keyin Cheltenham shahridagi Saint-Poul ta’lim kollejida tahsil olgan. 1939-yil oktyabr oyida Newby Ikkinchi Jahon urushi uchun Fransiyaga, Qirollik Armiyasi Tibbiyot Korpusiga oddiy askar sifatida xizmat qilish uchun yuborildi. Uning boʻlinmasi oxirgi evakuatsiya qilingan boʻlinmalardan biri edi. Keyinchalik u Oʻrta Sharqqa joʻnatilgan va Misr choʻlida xizmat qilgan.
Faoliyati
Newby 1942-yil dekabr oyida harbiy xizmatdan ozod qilindi va 1946-yilgacha Qohiradagi King Fuad universitetida ingliz adabiyotidan dars berdi. Uning shogirdlaridan biri misrlik muharrir Mursi Saad El-Din edi.
1949-yildan 1978-yilgacha u BBCda ishlagan, avval radio prodyuseri sifatida ish boshlagan va faoliyati davomida Uchinchi dastur va Radio 3 boʻlimlarining boshqaruvchi derektori boʻlgan. Radio 3 boʻlimidagi faoliyati davomida, Newby dasturga munozarali oʻzgartirishlar kiritmasdan stansiyadagi Klassik musiqa miqdorini koʻpaytirishga erishgan.
Newbyning birinchi romani "A Journey into the Interior" 1946-yilda nashr etilgan. Keyin u ijod qilish uchun Angliyaga qaytib keldi. Oʻsha yili unga adabiyot yoʻnalishi boʻyicha Atlantika mukofoti berildi va ikki yil oʻtib Somerset Moughem mukofotini oldi. 1947-yilda John Lehmann Newbyining oʻgʻil bolalar uchun yozilgan „The Spirit of Jem“ sarguzasht hikoyasini 41 ta chizilgan chizmalar va Keith Vaughanning rangli chang oʻrami bilan nashr etdi.
U BBC Radiosining boshqaruvchi direktori sifatidagi faoliyati uchun CBE (Britaniya imperiyasi ordeni) bilan taqdirlangan.
Newbyning doʻst va hamkasbi Anthony Thwaite oʻzining unga atab yozgan taʼziyanomasida shunday deydi: „P.H. Newby asrning ikkinchi yarmidagi eng yaxshi ingliz romanchilaridan biri edi“.
Romanlar
Badiiy adabiyotlar
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org