Ozzy Osbourne
John Michael "
Ozzy "
Osbourne (talaffuzi: Jon Maykl Ozzi Ozborn; t. 3-dekabr 1948) ingliz heavy metal vokalchi va qoʻshiqyozardir. Osbourne heavy metal janrini shakllantirishga xizmat qilgan guruhlardan boʻlmish Black Sabbath bosh vokalchisi sifatida shuhratga erishdi. Xarakterli ovozi va Black Sabbath uslubi tufayli Osbourne „Zulmat Shahzodasi“ degan epitet bilan tanildi. Osbourneʼni shuningdek „Heavy Metalning Choʻqintirgan Otasi“ ham deyishadi.
2000-yillar boshida u rafiqasi Sharon va bolalari Kelly hamda Jack bilan birgalikda oʻzining The Osbournes nomli realiti-tomoshasida suratga tushdi. 2011-yil aprelida esa hayoti va ijodi haqidagi God Bless Ozzy Osbourne nomli hujjatli film ekranlarga chiqdi. Osbourne yakkaxon va Black Sabbath ijrochisi sifatida butun dunyoda 100 milliondan oshiq albom sotib, multi-platina mavqeiga erishgan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org