Ozuqa Birligi




Ozuqa birligi — mollarga yediriladigan yem-xashak toʻyimliligini bel-gilovchi oʻlchov birligi. Ozuqa birligining 1 kg quruq suli toʻyimligiga teng qilib olingan. Boshqa yem-xashaklar toʻyimliligi shunga taqqoslab baqolanadi. Masalan, 1 kg quruqbeda 0,5; arpa 1,15; 1 kg makkajoʻxori 1,4 Ozuqa birligiga teng. Krramollarda yogʻ toʻplanishiga qarab belgilanadigan bir Ozuqa birligi toʻyimliligi 150 g ichki yogʻ toʻplanishiga yoki 1414 kkal ga teng. Yemxashak toʻyimliligi baholanayotganda Ozuqa birligidan tashqari, uning tarkibidagi hazm boʻladigan protein, kalsiy, fosfor, karotin hamda vitaminlar ham nazorat qilinadi. Amalda yem-xashak toʻyimliligi koʻrsatilgan maxsus jadvallardan foydalaniladi. AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlarda ozuqa tarkibidagi hazm boʻladigan oziq moddalarga karab baxrlanadi (yana qarang Yemxashak toʻpimliligi).

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz