O'z-o'ziga g'amxo'rlik qilish




O'z-o'ziga g'amxo'rlik qilish - kishi o'zining umumiy salomatligini ta'minlashi, mustahkamlashi va kasalliklarni yengib o'tish uchun imunitet hosil qila olishidir. Biz har kuni bajaradigan oziq-ovqat tanlovlari, sport mashqlari, uyqu, mutolaa va tishlar parvarishi kabi odatiy harakatlar ham o'z-o'ziga parvarish qilishning bir turi hiisoblanadi. O'z-o'ziga g'amxo'rlik qilish yakka, shaxsiy faoliyat bo'lishiga qaramay, jamiyat ham o'z salomatligi uchun mas'ul bo'lgan shaxslar guruhlaridan manfaatdordir .

Sog'lomlik darajasi ijobiy holda bo'lganda muntazam ravishda o'z-o'zini parvarish qilish muhim, ammo kasallik paydo bo'lganda o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish ahamiyati yanada ortadi . Kundalik tarzda o'z-o'zini parvarish qilish imunitetning kasalliklarga qarshi chidamli bo'lishi, ruhiy salomatlik va turmush sifatini yaxshilanishiga olib keladi . O'z-o'ziga g'amxo'rlik qilish jarayoni hammada har xil kechadi. Ushbu jarayon butun dunyo bo'ylab sog'liqni saqlash xarajatlarining global o'sishiga qisman yechim sifatida qaraladi.

Shaxsiy salomatlik, gigiena va yashash sharoitlari nuqtai nazaridan shaxsiy sog'lik darajasiga befarqlik o'z-o'ziga beparvolik deb ataladi. Bunday hollardan Shaxsiy parvarish bo'yicha xizmatchilarning yordamidan foydalanish mumkin. Hozirgi kunda bunday turdagi xizmat faoliyatlaridan foydalanish bilan bog'liq holatlar kundan-kunga ortib bormoqda.

Lorig va Xolman tomonidan asos solingan o'z-o'zini parvarish qilish va o'z-o'zini boshqarish atamalari o'rtasida yaqin o'xshashlik mavjud. O'zlarining asosiy maqolalarida ular o'z-o'zini boshqarishning uchta vazifasini ta'kidlaydilar: tibbiy boshqaruv, rollarni boshqarish va hissiy boshqaruv; va oltita o'z-o'zini boshqarish qobiliyati: muammolarni hal qilish, qaror qabul qilish, resurslardan foydalanish, qabu qiluchi va ta'minlovchi hamkorligini shakllantirish, harakatni rejalashtirish va o'z-o'zini moslashtirish.

Tarixi



So'nggi yillarda o'z-o'ziga g'amxo'rlik tushunchasiga e'tibor kuchaygan bo'lsa-da, kelib chiqishi qadimgi davrlarga borib taqaladi. Sokrat qadimgi Yunonistonda o'z-o'ziga g'amxo'rlik qilish harakatiga asos solgan deb hisoblangan. Ma'lumot o'rnida shaxsiy va ijtimoiy g'amxo'rlik yer yuzida odamlar paydo bo'lganidan buyon mavjud bo'lgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz