Ozokerit




Ozokerit (yunoncha: ozo — hid tarataman va heros — mum), togʻ mumi — bi-tumlar guruhiga mansub mineral. Ki-myoviy tarkibi qattiq xrlatdagi toʻyingan uglevodorodlardan iborat. Rangi och yashil, sariq, qoʻngʻirdan qoragacha. Yumshoq, qattiq, baʼzan moʻrt boʻladi. O.dan kerosin hidi keladi. Zichligi 0,85-0,97 g/sm3; 52-85° da eriydi. Tar-kibida 83—85% uglerod, 13,5—15% vodorod va 2% kislorod, azot, oltin-gugurt bor. Yuqori parafinli neft va ogʻir gaz-kondensatlarining taqsimlanishidan hosil boʻladi. O. qatlamlarda neft borligidan darak beradi. Qum va ohaktoshlarda 4—16% O. mavjud. Termoizolyasiya, boʻyoqchilik, tibbiyot (ozokerit bilan davolash) va attorlik sa-noatida qoʻllanadi. Asosan, O. qayta ishlanib, undan serezin olinadi. Oʻzbekistonda (Fargʻona), Ukraina (Lvov viloyati), Turkmanistonda (Cheleken) katta konlari bor.

Manbalar





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz