Ozodiy Davlatmamed




Ozodiy Davlatmamed (1700—1760) — turkman shoiri va maʼrifatparvari. Mahtumqulining otasi. Turkman mumtoz adabiyotining yirik vakillaridan biri. Avval eski maktabda, soʻngra Xiva madrasasida oʻqigan, arab, fors tillarini oʻrgangan, keyinchalik shu mad-rasada mudarrislik qilgan. U xalq ogʻzaki ijodini, Sharq adabiyotlari ulugʻ namoyandalari asarlarini chuqur oʻrgangan, ular taʼsirida kasida, ru-boiy, gʻazallar yozgan. 6000 misrali "Vaʼzi Ozod" nomli yirik ilmiy ri-sola-dostoni (1753—54) O. ijodida muhim oʻrin tutadi. Asar masnaviy usulda yozilgan boʻlib, 4 bobdan iborat. 1-qismida mamlakatda tartib oʻrnatish, 2-qismida qalʼa va saroylar qurish, 3-qismida jamiyatda fan va maorifning oʻrni, 4-qismida kambagʻallar va darveshlar toʻgʻrisida fikr yuritilgan. Asarda turkman kabilalarini birlashtirish, soliqlarni kamaytirish, kanallar oʻtkazish, yoʻl va koʻpriklar qurish kabi masalalar aks etgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz