OzodWiki




OzodWiki (yoki OzodViki ) — Ozodlik radiosining oʻzbekcha Vikipediya haqidagi rukni. OzodWiki eshittirshlari 2014-yilning 6-fevralida taʼsis qilingan. Ruknning asosiy maqsadi oʻzbekcha Vikipediyaning rivojlanishiga hissa qoʻshishdir.

OzodWiki rukni ostida turli materiallar, jumladan faol Vikipediya tahrirchilaridan olingan intervyular, mavjud maqolalarga taqrizlar hamda Vikipediyada tahrir qilish boʻyicha darslar berildi. Bundan tashqari, oʻzbekcha Vikipediyani ommalashtirish uchun Ozodlik radiosi xabarlarida ishlatilgan ayrim soʻzlar ensiklopediyadagi mos maqolalarga ulandi. OzodWiki loyihasi har ikki taraf uchun ham foydali boʻldi: „Ozodlik radiosi oʻquvchilari kengroq maʼlumotga yoʻnaltirildi va Vikipediya yangi oʻquvchilar va mavzular hisobiga ommalashdi. Bundan tashqari, Ozodlik radiosi Vikipediyaga turli mavzularni yoritishni taklif qildi, Vikipediyada boʻlsa oʻz navbatida Ozodlikka havolalar qoʻshildi.“ OzodWiki loyihasi 2014-yil 22-mayda vaqtincha toʻxtatilda. Loyiha 2014-yil 16-oktabrda besh oylik tanaffusdan keyin oʻz faoliyatini yana qaytadan boshladi. 2015-yilning iyun oyida loyiha ikkinchi marta vaqtincha toʻxtatildi. Toʻrt oylik tanaffusdan keyin noyabr oyida loyiha ishi qayta tiklandi.

Oʻzbekcha Vikipediyaga koʻrsatgan taʼsiri



Qisqa vaqt ichida OzodWiki rukni ostida berilgan materiallarning oʻzbekcha Vikipediyaga ijobiy taʼsir qilayotgani kuzatildi. OzodWiki eshittirishi boshlanganidan keyin roʻy bergan oʻzgarishlarning barchasi faqat OzodWiki eshittirishi taʼsirida boʻlgani ehtimoldan xoli boʻlsada, oʻzgarishlarning aksari aynan shu loyiha doirasidagi eshittirishlar boshlanganidan soʻng yuz berdi.

2014-yil yanvar oyida oʻzbekcha Vikipediyaning bosh sahifasiga 20 368 marta tashrif qilingan boʻlsa, shu yilning mart oyiga kelib bu koʻrsatkich 56 274 ga yetdi. 2013-yil martida bosh sahifaga qilingan tashriflar soni 20 403 ni tashkil qilgan edi. 2014-yil aprel oyida bosh sahifaga qilingan tashriflar soni boʻlsa 136 592 ni tashkil qildi. 2013-yil aprelida bosh sahifaga qilingan tashriflar soni 12 134 ni tashkil qilgan edi.

Yanvar oyiga qaraganda fevral oyida oʻzbekcha Vikipediyada faollik sezilarli darajada oshdi. Yanvarda taxminan 1 400 marta tahrir tugmasi bosilgan boʻlsa, fevralda qomus 2 200 atrofida tahrir qilindi. Boshqacha qilib aytganda, fevralda avvalgi oyga qaraganda tahrirlar soni 59 foizga oshdi. Yanvar oyida dekabrga qaraganda tahrirlar soni 32 foizga ozaygani eʼtiborga olinsa, bu sezilarli oʻsishdir.

2014-yil yanvarda kuniga oʻrtacha bir dona maqola yaratilgan boʻlsa, fevralda bu koʻrsatkich uch baravarga oshdi. Yaʼni, OzodWiki eshittirishi berila boshlangan oyda oʻzbekcha Vikipediyada kuniga oʻrta hisobda uchta maqola yaratildi. 2013-yilning oktabr, noyabr, dekabr oylarida kuniga oʻrtacha ikkita maqola yaratilgan edi.

Shunday boʻlsada, 2014-yilning fevral oyida yangi foydalanuvchilar sonida sezilarli oʻzgarishlar kuzatilmadi. Mazkur oyda ham yanvar oyidagidek kamida oʻn dona tahrir qilgan yangi foydalanuvchilar soni avvalgi oyga solishtirganda uch kishiga oʻsdi: oʻzbekcha Vikipediyada dekabrda 184, yanvarda 187, fevralda boʻlsa 190 ta yangi foydalanuvchi paydo boʻldi. Shunday boʻlsada, mart va aprelda yangi foydalanuchilar soni bir oz oʻsdi. Kamida oʻn dona tahrir qilgan yangi foydalanuvchilar soni martda toʻrt, aprelda olti kishiga oʻsdi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz