Ozodbek Nazarbekov
Nazarbekov Ozodbek Ahmadovich (Nazarbekov Ozodbek Ahmadovich; 1974-yil, 7-may, Andijon viloyati, Shahrixon tumani) — taniqli oʻzbek qoʻshiqchisi, Oʻzbekiston xalq artisti (2010) va Qoraqalpogʻiston xalq artisti, Oʻzbekiston madaniyat vaziri, Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti rektori (2020-yildan).
Biografiyasi
1974-yilning 7-mayda Andijon viloyati Shahrixon tumanida tugʻilgan.
Taʼlim
2007-yilda Oʻzbekiston davlat sanʼat institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyati
2002-yildan 2008-yilgacha „Oʻzbeknavo“ estrada birlashmasida yakkaxon xonanda sifatida faoliyat yuritgan. Marhum xonanda Muhriddin Xoliqovning taniqli shogirdlaridan biri. 2006-yildan Respublika miqyosidagi davlat tadbirlarida: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Navroʻz umumxalq bayrami va Mustaqillik tantanalarida faol ishtirok etib kelmoqda. Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida oʻzining yakkaxon konsert dasturlarini namoyish etgan. Xorij mamlakatlariga ham gastrol safarlarini uyushtirgan.
2008-2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ashula-raqs ansambli xonandasi
2017-yil iyul-avgust oylarida „Yoshlar“ telekanali direktori vazifasida ishlagan.
2017-yilning 10-avgust kuni Oʻzbekiston madaniyat ishlari vazirining oʻrinbosari etib tayinlandi. Shuningdek, „Yoshlar“ telekanali bosh produseri vazifasida ham ishladi.
2018—2020-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari vazifasida ishladi.
2020-yil 22-yanvardan — Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri.
Mukofotlari
Ozodbek Nazarbekov 2007-yilda Oʻzbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist faxriy unvoni bilan, 2010-yilda Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti faxriy unvoni bilan, 2014-yilda El-yurt hurmati ordeni bilan taqdirlangan.
Shaxsiy hayoti
Yakkaxon konsert dasturlari
Mukofotlari
Kliplari
Filmografiyasi
Kliplar
Ijodi
Hamkori
Diskografiyasi
Chang koʻchalar (2003)
Devona ko‘ngil (2004)
Yuragimdan kuylaganim sen (2005)
Sening darding (2006)
Diydor shirin (2007)
Jondan aziz (2008)
Mushtarak manzil (2009)
Qadamlar hikmati (2010)
Kundan kun yaxshi (2011)
Taqdirimsan, Baxtimsan (2013)
Mening baxtim (2014)
Ardogʻimdasiz (2015)
Mehring sabab (2016)
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org