Oʻzligini anglash




O'zligini anglash birinchidan, odamning ozod, erkin, nodir, ulug' siymoligini anglash va o'zida unga amal qilish sifatlarini shakllantirib borish boʻlsa, ikkinchidan, uning o'ziga xos milliy-insoniy sifatlarini ochib beruvchi etnik, maʼnaviy-insoniy asoslarini anglash va ularga amal qilishdan iboratdir. Odamzod o'zini o'zi anglar ekan, o'zida bor imkoniyatlarini yanada rivojlantiradi. Odam o'zini anglagandan keyin yangi qirralarini ochadi. O'z qadr-qiymati va boshqalarning fikri obyekt sifatida qaralishini inson hayoti davomida to'xtamaydi. Bunda har bir inson o’zligini topish uchun uni to’g’ri yo’lga boshlaydigan ustoz, hamroh yohud to’g’ri tarbiya bergan ota-onaga muhtoj bo’ladi. Yuqoridagi sabablarsiz odamzod o’zligini anglamasdan oddiy hayot kechirib, o’zidan yaxshi nom qoldirmasdan ketishi mumkin.

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz