Oziq-ovqat bilan bogʻliq kasallik
Oziq-ovqat orqali yuqadigan
kasalliklar yoki
oziq -ovqat bilan yuqadigan kasalliklar — bu ifloslangan suv yoki oziq-ovqat orqali tanaga kiradigan bakteriyalar,viruslar yoki kimyoviy moddalar tufayli kelib chiqadigan yuqumli kasalliklar yoki zaharlanishlardir .
Eng koʻp uchraydigan alomati diareya hisoblanadi.Shuningdek,oziq-ovqat orqali yuqadigan kasalliklar buyrak va jigar yetishmovchiligi,miya va asab tizimining buzilishi,reaktiv artrit, saraton va oʻlim kabi jiddiyroq oqibatlarga olib kelishi mumkin .
Har yili taxminan 2 200 000 kishi oziq-ovqatdan yuqadigan kasalliklardan vafot etadi, ularning aksariyati bolalardir .
Taʼsirlari
Sogʻliq uchun
3% hollarda kasallik inson salomatligiga uzoq muddatli salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin .
Iqtisodiy
Oziq-ovqat orqali yuqadigan kasalliklar sogʻliqni saqlash tizimlariga katta yuk boʻlib, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishga toʻsqinlik qiladi .
Belgilari
Oziq-ovqat orqali yuqadigan kasallikning eng koʻp uchraydigan belgilari — oshqozon ogʻrigʻi,qusish va diareya.Koʻpincha simptomlari qabul qilinganidan keyin 24-72 soat oʻtgach paydo boʻladi, lekin bir necha hafta oʻtgach paydo boʻlishi ham mumkin .
Sabablari
Oziq-ovqat orqali yuqadigan kasalliklarning aksariyati bakteriyalar, viruslar yoki parazitlar kabi omillar tufayli yuzaga keladi.
Tarqalishi
JSST hisob-kitoblariga koʻra,har yili 600 million odam xavfli oziq-ovqatlardan kasal boʻlib, sayyoramizning har oʻninchi aholisidan biri kasal boʻlib, 420 ming kishi vafot etadi, bu esa 33 million sogʻlom hayot yilining yoʻqolishiga olib keladi. Xavfli oziq-ovqat tufayli yuzaga keladigan kasalliklarning 40% 5 yoshgacha boʻlgan bolalarda uchraydi va har yili 125 000 bolani oʻldiradi .
JSST Yevropa mintaqasida har yili 23 million kishi kasal boʻlib, 5 000 kishi vafot etadi .
Yana qarang
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org