Oziq-ovqat bilan bog'liq kasallik




Oziq-ovqat orqali yuqadigan kasalliklar yoki oziq -ovqat bilan yuqadigan kasalliklar — bu ifloslangan suv yoki oziq-ovqat orqali tanaga kiradigan bakteriyalar,viruslar yoki kimyoviy moddalar tufayli kelib chiqadigan yuqumli kasalliklar yoki zaharlanishlardir .

Eng koʻp uchraydigan alomati diareya hisoblanadi.Shuningdek,oziq-ovqat orqali yuqadigan kasalliklar buyrak va jigar yetishmovchiligi,miya va asab tizimining buzilishi,reaktiv artrit, saraton va oʻlim kabi jiddiyroq oqibatlarga olib kelishi mumkin .

Har yili taxminan 2 200 000 kishi oziq-ovqatdan yuqadigan kasalliklardan vafot etadi, ularning aksariyati bolalardir .

Taʼsirlari



Sogʻliq uchun



3% hollarda kasallik inson salomatligiga uzoq muddatli salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin .

Iqtisodiy



Oziq-ovqat orqali yuqadigan kasalliklar sogʻliqni saqlash tizimlariga katta yuk boʻlib, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishga toʻsqinlik qiladi .

Belgilari



Oziq-ovqat orqali yuqadigan kasallikning eng koʻp uchraydigan belgilari — oshqozon ogʻrigʻi,qusish va diareya.Koʻpincha simptomlari qabul qilinganidan keyin 24-72 soat oʻtgach paydo boʻladi, lekin bir necha hafta oʻtgach paydo boʻlishi ham mumkin .

Sabablari



Oziq-ovqat orqali yuqadigan kasalliklarning aksariyati bakteriyalar, viruslar yoki parazitlar kabi omillar tufayli yuzaga keladi.

Tarqalishi



JSST hisob-kitoblariga koʻra,har yili 600 million odam xavfli oziq-ovqatlardan kasal boʻlib, sayyoramizning har oʻninchi aholisidan biri kasal boʻlib, 420 ming kishi vafot etadi, bu esa 33 million sogʻlom hayot yilining yoʻqolishiga olib keladi. Xavfli oziq-ovqat tufayli yuzaga keladigan kasalliklarning 40% 5 yoshgacha boʻlgan bolalarda uchraydi va har yili 125 000 bolani oʻldiradi .

JSST Yevropa mintaqasida har yili 23 million kishi kasal boʻlib, 5 000 kishi vafot etadi .

Yana qarang




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz