O‘zgarmas Tok Mashinasi




Oʻzgarmas tok mashinasi — mexanik energiyani oʻzgarmas tok elektr energiyasiga (generator) yoki oʻzgarmas tok elektr energiyasini mexanik energiyaga (dvigatel) aylantirib beradigan elektr mashina. Ham generator, ham dvigatel sifatida ishlashi mumkin. Generatorning ishi elektromagnit induksiya hodisasiga, dvigatelning ishi tokli oʻtkazgichning magnit maydoni bilan oʻzaro taʼsirlashishiga asoslangan; unda elektromagnit aylantiruvchi moment vujudga keladi. Oʻzgarmas tok mashinasim.ning aktiv qismlariga magnitli oʻzak, stator va rotor (yakor) chulgʻamlari hamda kollektor kiradi (yana qarang Generator, Elektr dvigatel).

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz