O'zgan
Oʻzgan (qirgʻizcha: Өзгөн) — Qirgʻiziston Respublikasi Oʻsh viloyati Oʻzgan tumanidagi shahar, tuman markazi. Qoradaryo sohilida. Oʻsh shahridan 68 km. Oʻzgan orqali Oʻsh — Bishkek, Oʻsh — Qoragʻulja avtomobil yoʻllar oʻtgan. Aholisi 41,5 ming kishi (1999). Oʻzganning qadimiy qatlamlari miloddan avvalgi 2—1 a. larga oid. Qadimgi Oʻzganning arki va 3 shahristoni boʻlgan. 3shahristonda 16asr gacha aholi yashagan. Oʻ. rabodlari 3shahristonning shim.sharqida joylashgan. A.N.Bernshtam boshchiligida oʻtkazilgan arxeologik qazishlar (1945—1950) natijasida kushanlar davridan temuriylar davrigacha yaratilgan moddiy yodgorliklar (sopol buyumlar, tangalar, qar xil metall asboblar va boshqalar) topilgan. qadimiy Oʻzgan katta siyosiy va maʼmuriy mavqeni egallagan. Meʼmorlik rivojlangan.
Oʻzganda quruq sut, mineral suvlar, pivo zdlari, non kombinati ishlab turibdi, gilamlar ishlab chiqariladi. Madaniyat saroyi, madaniyat va istirohat bogʻi bor. Meʼmoriy yodgorliklardan minora (11-asr) va 3 gumbazli maqbara (11 — 12 a.lar) saklangan.
Aholisi (2011) — 50,253 ming kishi.
Geografiyasi
Tarixi
Siyosiy tizimi
Aholisi
Asosan oʻzbeklar
Oʻzganda tavallud topgan taniqli insonlar
Iqtisodiyoti
Manbalar
uz.wikipedia.org