Oʻzbekistonning transport sohasi




Oʻzbekistonda transport sohasi 1990 yilarda endi rivojlanish pallasida boʻlgan, Oʻzbekistonning ilk mustaqillik yillarida
bu koʻrsatkichlar saqlanib turdan. 2000-yillardan boshlab havo transportida, transportning boshqa sohalarida tub isloxatlar
oʻtkazila boshlangan. Ayniqsa temir-yoʻl sohasida katta oʻzgarishlar amalga oshirildi yangi Toshkent-Samarqand tezyurar temir yoʻli
qurilishini misol qilib olish mumkin.

Temir yoʻl sohasi



2019-yilgi malumotlarga koʻra Oʻzbekistonda jami boʻlim temir yoʻllarning umumiy uzunligi 7400 km dan ortiqni tashkil etadi va
bu uzunlikdagi temir yoʻllarning 1300 kmga yaqin qismi elektrlashtirilgan hisoblanadi. Oʻzbekiston Respulikasi koʻp
tarmoqli temir yoʻl lineasini deyarli barcha tarmoqlari Toshkent shahri bilan bogʻlangan. Oʻzbekiston temir yoʻl tizimida
Oʻrta Osiyodagi qoʻshni davlatlar bilan temir yoʻl aloqa yoʻnalishlari bogʻlangan. Jumladan, Qozoqiston, Qirgʻiziston,
Afgʻoniston, Tojikiston, Turkmaniston bilan temir yoʻl aloqa linealari mavjud.

Oʻzbekiston temir-yoʻl linealari tarixidagi katta voqealrdan biri Toshkent-Samarqand tezyurar temir yoʻli qurilishi va
ochilishi boʻlgan.Mazkur tezyurar temir yoʻl lineasi 2011-yili foydalanishga topshirilgan. Oʻzbekiston temir yoʻllari
aksiyadorlik kompaniyasi asosiy kompaniya hisoblanadi. Yevropaning koʻpgina shaharlari bilan temir yoʻl aloqalari mavjud, masalan, Moskva, Kiyev, Ufa, Chelyabinsk, Penza, San Peterburg. Qozoqistonning Olmota shahri orqali Xitoy Xalq Respublikasiga
ham oʻtish imkoni mavjud.

Toshkent shahrida joylashgan Toshkent metrosi Oʻrta osiyodagi yagona metro hisoblanadi. U jami boʻlib 21 ta bekat mavjud.

Avtomobil yoʻllari



Oʻzbekiston Respublikasi hududida 2005-yilgi malumotlarga muofiq 84000 km yoʻllar mavjud ularning 72 km qismiga yangi
tekis asfalt yotqizilgan. Bu yoʻllarning asosiy qismi Toshkent shahri tashqarisida va viloyatlarda hisoblanadi.
Qamchiq dovoni, avtomobil yoʻllari miqiyosida juda katta ahamyatga ega, chunki u Toshketni Fargʻona vodiysi bilan bogʻlaydi.
Dovonining balandligi 3000 kmga boradi va unda yengil va ogʻir yuk avtomobillari bemalol yura oladi.

Toshkent shahrini Qashqadaryo va Surxondaryo bilan bogʻlovchi muhim yoʻl boʻlimlaridan hisonlangan avtomobil yoʻli
2006-yilda taʼmirdan chiqarilgan va yoʻlning eniga kengaytirilgan.Toshkent shahri oʻrab turadigan Toshkent katta halqa
yoʻlining uznligi 70 kmni tashkil etadi va u doimiy tarzda taʼmirlanib turadi.Toshkent va Samarqandni bogʻlab turadigan
Toshkent-Samarqand katta avtomobil yoʻli 4 boʻlakli tekis yoʻllardan biri hisoblanadi. Uning uzunligi 300 km ni tashkil etadi.

Suv yoʻllari



Oʻzbekistonda dengizga chiqish uchun ikki mamlakatning chegarasidan oʻtish kerak boʻladi shuning uchun Oʻzbekistonda portlar
yoʻq.Asosiy suv yoʻllari bu Amudaryo orqali amalga oshiriladi. Oʻzbekistonda jami boʻlib suv yoʻllarining umumiy uzunligi
1100 kmni tashkil etadi.

Havo transporti



Oʻzbekiston havo yoʻllari aviakompaniyasi bugungi kunda kelib dunyoning deyarli barcha yirik shaharlari bilan oʻz havo yoʻnalishlarini yoʻlga qoʻygan.
Oʻzbekistonda jami boʻlib 54 ta aeroport mavjud va ularning 10 ga yaqin aeroporti 3000 m dan oshiq boʻlgan uchish qoʻnish maydoniga ega.
Toshkent xalqaro aeroporti Oʻzbekistondagi eng katta aeroport hisoblanadi va Yevropaning, Osiyoning va Amerikaning katta shaharlari bilan toʻgʻridan toʻgʻri
parvozlarni amalga oshiradi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz