Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasi
Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi — Oʻzbekistonning Rossiyadagi rasmiy diplomatik vakolatxonasi boʻlib, Moskva shahridagi Yakimanka tumanidagi, Pogorelskiy tor koʻchasida joylashgan.
2016-yil noyabr oyida elchixona yonidagi Bolshaya Polyanka koʻchasi va 1-Kazachi koʻchasi (elchixona mehmon uyi roʻparasi) oʻrtasidagi maydon Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov (1990—2016) sharafiga Islom Karimov maydoni deb nomlandi.
2018-yil oktabr oyidan buyon Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Botirjon Zakirovich Asadov etib tayinlandi.
Shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasida konsullik idoralari mavjud.
Xususan:
Shuni taʼkidlab oʻtish joizki, Belarus Respublikasida Oʻzbekistonning elchixonasi ochilgunga (2018-yil) qadar u yerda yashovchi Oʻzbekiston fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasida roʻyxatda turishgan. 2018-yilning 31-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov oʻsha yildagi Belarus Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Leonid Marinichni qabul qilgandi. Uchrashuvda Oʻzbekiston elchixonasining Minsk shahrida faoliyat boshlashining amaliy jihatlari muhokama qilinib, Oʻzbekiston-Belarus uchrashuvlari bilan bogʻliq mavzular koʻrib chiqilgan edi.
Diplomatlar roʻyxati
Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchilari
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org