Oʻzbekistonning Polshadagi elchixonasi




Oʻzbekistonning Polshadagi elchixonasi — Oʻzbekistonning Polshadagi rasmiy diplomatik va yagona vakolatxonasi boʻlib, Varshava shahridagi Kraski koʻchasidagi 21-binoda joylashgan. Elchixona 2003-yildan buyon faoliyat koʻrsatib kelmoqda. 2019-yildan buyon hozirgacha Babaev Baxram Jalolovich Oʻzbekiston Respublikasining Polsha Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi lavozimi oʻtab kelmoqda.

Polsha va Oʻzbekiston oʻrtasidagi ilk diplomatik munosabatlar 1992-yil 19-martda oʻrnatilgan.

Elchixona haqida



Elchixona Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Polsha Respublikasidagi Oʻzbekiston Respublikasining Bosh konsulxonasini Polsha Respublikasidagi Oʻzbekiston Respublikasi elchixonasi etib qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi“gi 2004-yil 29-iyun 300-son qaroriga koʻra qayta tashkil etilgan.

Oʻzbekistonning Varshavadagi elchixonasi Polshadagi mahalliy, oʻzbek va xalqaro fuqarolarga keng qamrovli konsullik xizmatlarini koʻrsatadi.

Oʻzbekistonning Varshavadagi elchixonasi oʻzining konsullik xizmatlari orqali Polsha fuqarolariga yordam beradi va ular quyidagi holatlarni oʻz ichiga oladi:

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz