O‘zbekistonning ma'muriy-hududiy bo‘linishi




Oʻzbekistonning ma’muriy-hududiy boʻlinishi 2012-yil holatiga koʻra uch bosqichga ega: birinchi bosqichga 12 viloyat, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahri kiradi.

Viloyatlar va Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlarga va viloyatga (respublikaga) boʻysunuvchi shaharlarga boʻlinadi. Toshkent shahri shahar tumanlariga boʻlinadi.

Viloyatlar va Qoraqalpogʻiston tumanlari tumanga boʻysunuvchi shaharlarga, shahar tipidagi posyolkalarga (shaharcha) va qishloq fuqarolar yigʻinlari (QFY)ga boʻlinadi.

Shuningdek, QFYlar viloyatga boʻysunuvchi shaharlar tarkibiga, shahar posyolkalari (qoʻrgʻonlar) viloyat (respublika)ga boʻysunuvchi shaharlar va Toshkent shahrining ichki tumanlari tarkibiga kirishi mumkin

Birinchi tartibdagi ma’muriy-hududiy boʻlinish birliklari




Quyi ma’muriy-hududiy birliklar



Andijon viloyati




Buxoro viloyati




Jizzax viloyati




Qashqadaryo viloyati




Navoiy viloyati




Namangan viloyati




Samarqand viloyati




Surxondaryo viloyati




Sirdaryo viloyati




Toshkent viloyati




Fargʻona viloyati




Xorazm viloyati




Qoraqalpogʻiston Respublikasi




Toshkent shahri




Tarixi



Qisqacha tarix




Oktyabr inqilobiga qadar hozirgi Oʻzbekiston hududi Rossiya imperiyasining Kaspiyorti viloyati (ruscha: Закаспийская область), Samarqand viloyati (ruscha: Самаркандская область), Sirdaryo viloyati (ruscha: Сырдарьинская область), Fargʻona viloyati (ruscha: Ферганская область)ga hamda uning vassallari hisoblangan – Buxoro amirligi va Xiva xonligiga boʻlingan edi.
1918-yil Turkistonda shoʻro hokimiyati oʻrnatilganidan soʻng, hozirgi Oʻzbekiston hududida (Buxoro amirligi va Xiva xonligi hududlaridan tashqari) poytaxti Toshkent shahri boʻlgan Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi tashkil etildi. 1920-yilda Buxoro va Xivada shoʻro hokimiyati oʻrnatilishi natijasida Buxoro Xalq Sovet Respublikasi va Xorazm Xalq Sovet Respublikasi tuzildi. 1923-yil 30-oktyabrda Xorazm XSR, 1924-yil 19-sentyabrda esa Buxoro XSR xalq sovet respublikasidan, sovet sotsialistik respublikasiga oʻzgartirildi.

1924-yil 16-sentyabrda Turkiston ASSR MIQning navbatdan tashqari sessiyasida Oʻrta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanishni amalga oshirish qarori qabul qilindi. Ushbu qaror doirasida SSSR tarkibida Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining tashkil etilganligi deklaratsiya qilindi. Uning tarkibiga sobiq Samarqand, Yettisuv, Fargʻona viloyatlarining, Buxoro SSR, Xorazm SSR hududlarining ayrim qismlari qoʻshib olindi. Bu qaror 1924-yil 14-oktyabrda Ishchi va harbiy deputatlari Shoʻrosining Butunrossiya Markaziy Iroya Qoʻmitasi (BMIQ)ning ruscha: Всероссийский центральный исполнительный комитет Советов рабочих и солдатских депутатов (ВЦИК) 2-sessiyasida tasdiqlandi va 1925-yilning 11-mayida 12-Butunrossiya Shoʻrolar qurultoyida (ruscha: Всероссийский съезд Советов) qabul qilindi. Poytaxti Samarqand shahri boʻlgan Oʻzbekiston SSRning tashkil topgan sanasi 1924-yilning 27-oktyabri hisoblanadi. Bundan tashqari Oʻzbekiston SSR tarkibida Tojikiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi ham tuzildi.

1924—1938-yillar




1925-yili Oʻzbekiston SSRda oblastlar (viloyatlar)ga boʻlinish amalga oshirildi. Oblastlar uyezdlarga, uyezdlar esa volostlarga boʻlindi. 1926-yilning 1-yanvar holatiga koʻra Oʻzbekiston SSRning ma’muriy-hududiy boʻlinishi quyidagicha edi:

Aytish joizki, aynan oʻsha yili viloyat va uyezdlar bekor qilinib, oʻrniga 10 ta: Andijon, Buxoro, Zarafshon, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent, Fargʻona, Xoʻjand va Xorazm okruglari tashkil etildi. Okruglar rayonlarga (tumanlarga) boʻlindi.
1929-yilda Tojikiston ASSR va Xoʻjand okrugi Oʻzbekiston SSR tarkibidan chiqarilib, ular oʻrnida Tojikiston SSR tashkil etildi. Bu qaror 1929-yilning 5-dekabrida SSSR MIQ tomonidan tasdiqlangan.
1930-yilda Oʻzbekiston SSRning poytaxti Toshkent shahriga koʻchirildi. Shu yili butun Shoʻro ittifoqida boʻlgani kabi Oʻzbekiston SSRda ham barcha okruglar bekor qilindi. Ular tarkibiga kirgan rayonlar (tumanlar) esa bevosita respublikaga boʻysundirildi. 1931-yil Oʻzbekiston SSRda 71 ta rayon [oʻz navbatida rayonlar 1494 ta qishloq sovetiga (ruscha: сельсовет) boʻlingan], respublikaga boʻysunuvchi 9 ta shahar (bu shaharlarga yana 204 ta qishloq soveti boʻysungan) boʻlgan.
1935-yilda Oʻzbekiston SSR rayonlarining bir qismi Qashqadaryo okrugiga birlashtirildi.
1936-yil 5-dekabrda RSFSR tarkibidan Oʻzbekiston SSR tarkibiga Qoraqalpogʻiston ASSR qoʻshib berildi.

1938—1987-yillar




1938-yil 15-yanvarda Oʻzbekiston SSR tarkibida Buxoro (Surxondaryo okrugi bilan birga), Samarqand, Toshkent, Fargʻona va Xorazm viloyatlari tuzildi.
1938-yil 1-oktyabrdagi maʻlumotlarga koʻra Oʻzbekiston SSRning ma’muriy-hududiy boʻlinishi quyidagicha koʻrinishga ega boʻlgan:

1941-yil 6-martda Fargʻona viloyati tarkibidan Andijon va Namangan ajratib olindi. Buxoro viloyati tarkibidan esa Surxondaryo okrugi ajratib olinib, Surxondaryo viloyati tashkil etildi. 1943-yil 20-yanvarda Buxoro viloyatining bir qismidan Qashqadaryo viloyati tuzildi. Buning natijasida 1947-yilning 1-yanvarida Oʻzbekiston SSRning ma’muriy-hududiy boʻlinishi quyidagi koʻrinishga keldi:

SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1956-yil 13 fevraldagi Qozogʻiston SSR va Oʻzbekiston SSR oʻrtasidagi chegaraning qisman oʻzgartirilishi toʻgʻrisidagi Qaroriga (ruscha: Указ Президиума ВС СССР от 13.02.1956 о частичном изменении границы между Казахской ССР и Узбекской ССР) muvofiq Qozogʻiston SSRdan Mirzachoʻl (qozoqcha: Мырзашөл) choʻlining va Boʻstondiq (qozoqcha: Бостандық, hozir Oʻzbekistonda – Boʻstonliq) tumanining bir qismi Oʻzbekiston SSR tarkibiga qoʻshildi.
1963-yil SSSR Oliy Soveti Prezidiumining qaroriga muvofiq Chimkent (qozoqcha: Шымкент) va Qiziloʻrda (qozoqcha: Қызылорда) viloyatlarining 36,6 ming km² hududi Oʻzbekiston SSR tarkibiga qoʻshib berildi.
1960-yil 25 yanvarda Qashqadaryo va Namangan viloyatlari bekor qilindi. Qashqadaryo viloyatining hududlari Surxondaryo viloyati tarkibiga qoʻshildi. Namangan viloyati esa Andijon va Fargʻona viloyatlari oʻrtasida boʻlib berildi. 1963-yil 16 fevralda Samarqand va Toshkent viloyatlarining qishloq xoʻjaligi uchun unumlashtirilgan yerlari ajratib olinib, yangi Sirdaryo viloyati tuzildi (ma’muriy markazi avval Yangiyer boʻlgan, 1963-yil noyabr oyida Gulistonga oʻzgartirilgan). 1964-yil 7 fevralda Qashqadaryo, 1967-yil 18 dekabrda esa Namangan viloyatlari qayta tuzildi.
1971-yilning 28 iyunida Sirdaryo viloyatining uncha katta boʻlmagan Jetisoy, Kirov va Paxtaorol tumanlari Qozogʻiston SSRning Chimkent viloyatiga qoʻshib olindi.
1973-yil 29 dekabrda Sirdaryo viloyatining bir qismidan Jizzax viloyati tashkil etildi. 1982-yil 20 aprelda Buxoro va Samarqand viloyatlarining ayrim hududlaridan Navoiy viloyati tashkil etildi. Natijada, 1987-yil 1 yanvar holatiga koʻra Oʻzbekiston SSRning ma'muriy-hududiy boʻlinishi quyidagi koʻrinishga keldi:

1987-yildan keyin



1988-yil 6-sentabrda Jizzax va Navoiy viloyatlari bekor qilinib, Jizzax viloyati Sirdaryo, Navoiy esa, Samarqand viloyati tarkibiga qoʻshildi. 1989-yil mayida sobiq Navoiy viloyatining katta qismi Buxoro viloyatiga qoʻshildi. 1990-yil fevralda Jizzax viloyati, 1992-yil esa Navoiy viloyati qayta tiklandi.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan soʻng Qoraqalpogʻiston ASSR maqomi Qoraqalpogʻiston Respublikasiga oʻzgartirildi. 1990-yillar boshlarida shoʻroviy ideologik nomga ega tuman va shaharlarning nomlari oʻzgartirildi. Oʻzbekistondagi oxirgi (2012-yilgi holatga koʻra) yirik ma’muriy-hududiy oʻzgarish 1999-yilda qiligan boʻlib, unga koʻra, Sirdaryo viloyatining Yangirabot tumani Jizzax viloyati tarkibiga qoʻshildi.

2000-yildan keyin



2002-yilda imzolangan „Oʻzbekiston-Qozogʻiston davlat chegarasining alohida uchastkalari toʻgʻrisida“gi shartnomaga muvofiq Toshkent viloyatidagi Bogʻis qishlogʻining bir qismi, 2004-yilda Oʻzbekiston va Qozogʻiston hukumatlararo komissiyasi bayonnomasiga asosan Toshkent viloyatidagi Xiyobon qishlogʻi Qozogʻiston tasarrufiga oʻtkazilishi belgilangan lekin amalda bu hududlar u yoki bu hududda ekani rasman tasdiqlanmasdan qolib ketgan. 2021-yil may oyida ikki davlat hukumatlarining kelishuvi asosida ushbu qishloqlar Qozogʻistonning Turkiston viloyatiga qarashli Oqjar (Bogʻis) va Kurkeles (Xiyobon) qishloq okruglariga qoʻshib olingan. Qozogʻistonga topshirilgan yer maydonlari 795,62 gektarni tashkil etadi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz