O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti (OʻzFIPI) – Samarqand davlat universitetining Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Pedagogik taʼlim sifatini oshirish va pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi 2022-yil 21-iyundagi PQ-289-sonli qarori asosida tashkil etilgan.
Institut vazifasi
Institut davlat oliy taʼlim muassasasi hisoblanib, pedagogika sohasi boʻyicha tarbiya va oʻqitish usullari, taʼlim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qoʻllash koʻnikmalariga ega professional oliy maʼlumotli kadrlarni tayyorlash Institutning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
Institut maqsadi
Institutning maqsadi oʻzbek xalqiga yuqori salohiyatli va ilgʻor taʼlim texnoligiyalariga asosan professional sifatli pedagog kadrlar tayyorlashdir. Institutda oʻquv jarayoni „Taʼlim toʻgʻrisida“ gi qonun, taʼlim yoʻnalishlariga muvofiq „Davlat taʼlim standarti“ va „Malaka talablari“ asosida yuritiladi va tartibga solinadi. Oʼquv jarayonining sifatli borishi hamda uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda yuqori natijalarni koʻrsatish uchun maʼruza zallari, oʼquv xonalari soʻnngi yillarda ishlab chiqarilgan zamonaviy axborot texnologiyalari, yoqori sifatli proektorlar, video va audio tizimlari bilan taʼminlangan. Oʼquv jarayoni uchun institut oʻqituvchilari tomonidan barcha fanlar boʻyicha elektron oʼquv va uslubiy materiallar ishlab chiqilgan. Institut kredit modulli oʻquv tizimi asosida faoliyat olib boradi. Institutda oʻquv jarayoni oʻzbek, rus va ingliz tilida olib boriladi.
Institut axborot resurs markazi
Institutning ARM (axborot-resurs markazi)ning bazasida 100000 dan ortiq nashrga ega boʻlgan materiallar mavjud. Institut ARMning asosiy qismini darslik va oʻquv qoʻllanmalar, uslubiy, ilmiy adabiyotlar tashkil etadi.
ARMda elektron kutubxona mavjud boʻlib bazasidan har bir talaba, hamda professor-oʻqituvchilar foydalana oladilar.
Fakultetlar
Hozirgi kunda institutda 5 ta fakultet faoliyat koʻrsatadi. Ular:
Kafedralar
Bakalavr yoʻnalishlari
Kunduzgi
Sirtqi
Kechki
Magistratura yoʻnalishlari
Manbalar
Havolalar
Insitutning rasmiy sayti
uz.wikipedia.org