Oʻzbekistondagi yahudiylar tarixi




Oʻzbekistondagi yahudiylar tarixi ikki xil jamoalar tarixiga ishora qiladi yaʼni koʻproq diniy va anʼanaviy Buxorolik yahudiylar jamiyati va Yevropadan olingan Ashkenazilar jamoasidir.

1989-yilda Oʻzbekistonda 94,900ga yaqin yahudiy boʻlgan, lekin 2007-yilda 5000 dan ham kamroq qismi qolgan (ularning aksariyati Toshkentda yashaydi).

Oʻzbekistonda ularning 12 ta sinagogasi mavjud.

Buxorolik yahudiylarning asosan Isroil va AQShga koʻchib ketishi sababli oʻzbek yahudiylarining aksariyatidan endi Ashkenaziylar qolgan.  

Fargʻona yahudiy jamoasi



Semyon Abdurahmonov — Fargʻona yahudiylari jamiyati rahbari boʻlgan. Vodiyda ularning oltita sinagogasi bor. Fargʻona, Namangan va Qoʻqonda bir necha yuzlab yahudiylar yashaydi, ular bu hududda jami 800 ga yaqinni tashkil qiladi. Abdurahmonovning aytishicha, yahudiy oʻzbeklar jamiyati duch kelayotgan eng katta muammo iqtisodiy muammodir.

2005-yil may oyida Andijon qirgʻini paytida Isroilning Toshkentdagi elchixonasi Abdurahmonovdan „agar odamlarni Isroilga havo orqali olib ketish zarurati tugʻilsa“ yahudiylar roʻyxatini tuzishni soʻradi.

Tarixiy demografiya



Oʻzbekistondagi (oʻsha paytda Oʻzbekiston SSR deb atalgan) yahudiy aholisi 1926—1970-yillar oraligʻida qariyb uch baravar koʻpaydi, keyin 1970—1989-yillarda asta-sekin kamaya boshladi, soʻngra kommunizmning qulashi oqibatida 1989-yildan buyon ancha tez pasayish kuzatildi. Sovet davridagi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, 1970-yilda Oʻzbekistonda 103 ming yahudiy boʻlgan.

1989—2002-yillarda Oʻzbekistondagi yahudiylarning toʻqson foizdan ortigʻi Oʻzbekistonni tark etib , boshqa mamlakatlarga, asosan Isroilga koʻchib oʻtgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz